Giyohvandlik va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi

2026 yil 24 fevral kuni 2-sonli Sud tibbiyoti va tibbiy huquq kafedrasiga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, podpolkovnik Nuraliev Dilshod Abdullaevich tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida giyohvandlikning oldini olish, narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash hamda korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan ochiq seminar tashkil etildi. Ma’ruza davomida mazkur muammolarning huquqiy jihatlari, ta’lim muassasalarining yoshlarda giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, mutaxassisning shaxsiy mas’uliyati va antikorrupsiya me’yorlariga rioya qilish ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Tadbirning yakuniy qismida talabalar tomonidan faol savol-javoblar o‘tkazildi, bo‘lajak shifokorlarning kasbiy faoliyatiga oid amaliy holatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va kafedraning tarbiyaviy hamda profilaktik ishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan