Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti kafedrasi mutaxassislarining Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasiga tashrifi yuzasidan
HISOBOTI

Joriy yilning 12-13 fevral kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti kafedra mutaxassislari: Katta o‘qituvchi Inomov Beknazar Dodarjonovich, assistent Movlonov Mehribon Akbarjonovich va assistent Narzullayeva Nigora Jumayevnalar tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad: Xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish; Kafedra xodimlari va talabalarni kasbiy bilim va ko‘nikmalari mustahkamlash; Xalqaro tajriba bilan bevosita tanishish imkoniyati yaratish; O‘quv jarayoniga yangi metodik yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat;
12-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti kafedra mutaxassislari 2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi xodimlari bilan tanishuv jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Tanishuv jarayonida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar ta’lim sifatini oshirish, talabalarni amaliy faoliyatga tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan suhbat olib borildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti 4-kurs talabalari bilan tanishuv jarayonida katta o‘qituvchi Imomov B.D “Смерть и моральные аспекты смерти” mavzusida ma’ruza olib bordi. Qiziqarli ma’ruza davomida shifokorning nafaqat davolovchi balki ma’naviy tayanch bo‘la olishi, o‘lim holatlarida professional xotirjamlik va insoniylik uyg‘un bo‘lishi lozim. Tibbiy bilim bilan bir qatorda ruhiy bilim ham muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
Assistent Movlonov M.A va assistent Narzullayeva N.J tomonidan pediatriya fakulteti 4-kurs talabalari bilan birgalikda vertual autopsiya tizimlarini joriy qilish yuzasidan ilmiy amaliy seminar olib borildi. Kun mobaynida 2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi professor o‘qituvchilari bilan birgalikda ilmiy amaliy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or texnalogiyalarni joriy etish, lobaratoriya infratuzilmasini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
13-fevral kuni assistent Narzullayeva N.J va Movlonov M.A lar Davolash fakulteti talabalari bilan birgalikda “Дефекты медицинской помощи (ДМП). Классификация дефектов медицинской помощи” mavzusida ma’ruza olib bordi. Ma’ruza jarayonida talabalar o‘zlariga qiziq bo‘lgan savollarni berishdi hamda ushbu savollarga yetarli darajada javoblarni olishdi. Ma’ruza talabalarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Kun mobaynida tashrif buyurgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti kafedra mutaxassislari keyingi tashrifni Tojikiston davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti kafedrasida bo‘lishi haqida kelishib olindi.





