Toshkent Davlat tibbiyot universiteti 2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2026-yil 2–5-mart kunlari A.D. Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universitetiga tashrifi yuzasidan

HISOBOT

2026-yilning 2-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.D. Asfandiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mazkur universitetning tibbiyot huquqi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan tanishuv, o‘zaro hamkorlik, tajriba va bilim almashinuvi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri, professor Sh.I. Ro‘ziyev tomonidan ushbu universitetning 3-kurs talabalariga “Tibbiyot xodimlarining kasbiy huquqbuzarliklari holatlarida o‘tkaziladigan komission sud-tibbiy ekspertiza” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

2-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi dotsenti Eliyeva M.E. tomonidan talabalarga “Tibbiyot xodimlarining kasbiy huquqbuzarliklari tushunchasi. Kasbiy huquqbuzarliklarning tasnifi” mavzusida ingliz tilida ma’ruza o‘qildi.

Ma’ruza jarayonida jinoyat tushunchasi, tibbiyot xodimlari faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar turlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, vrach xatosi, baxtsiz hodisa va yatrogeniya tushunchalari haqida to‘xtalib o‘tildi hamda talabalar tomonidan berilgan savollarga to‘liq javob berildi.

Katta o‘qituvchi Kadirov K.U. tomonidan 1-kurs talabalariga “Tibbiyotda bioetika masalalari” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Dars davomida bioetika tushunchasi, uning tarixiy modellari va asosiy tamoyillari yoritib berildi.

2026-yil 3-mart kuni professor Ro‘ziyev Sh.I. tomonidan “Общие вопросы юридической ответственности медицинских работников за профессиональные правонарушения” mavzusida ma’ruza o‘qildi.

Ma’ruza davomida tibbiyot xodimlarining intizomiy, ma’muriy va fuqaroviy javobgarligi muhokama qilindi.

Dotsent Eliyeva M.E. tomonidan “Tibbiyot xodimlarining faoliyatida mehnat va ma’muriy qonunchilik asoslari” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Ma’ruza davomida mehnat shartnomasi va uning turlari haqida ma’lumot berildi.

Kadirov K.U. tomonidan 4-kurs talabalariga “Дефекты медицинской помощи. Классификация дефектов медицинской помощи. Основные задачи комиссионной судебно-медицинской экспертизы” mavzusida master-klasslar o‘tkazildi. Talabalarning savollariga javoblar berildi.

2026-yil 4-mart kuni professor Ro‘ziyev va dotsent Eliyeva tomonidan “Mehnat va ma’muriy qonunchilik asoslari va evtanaziyaning huquqiy jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida barcha savollarga javob berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan