Toshkent pediatriya tibbiyot institutida «Biologik kimyo» kafedrasi 1972 yili tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari etib dostent Abdullaev Fayzullo Abdullayevich (1972-1974 yil) tayinlangan.
1975 yildan to 1990 yilgacha kafedrada O’zR FA akademigi Aleksandr Ivanovich Nikolaev rahbarlik qildi. A. I. Nikolaev tomonidan unikal ilmiy maktab yaratildi. Uning rahbarligi ostida 17 doktorlik va 90 dan ortiq nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi, 12 monografiya, 275 ilmiy maqola chop etildi. 1996 yili «Biologik kimyo» kafedrasiga A. I. Nikolaev nomi berildi.
1991 yildan to 2002 yilgacha kafedraga professor Rustam Gulyamovich Sultanov rahbarlik qildi. R.G. Sultanov rahbarligi ostida 1 doktorlik va 4 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilindi, 7 monografiya, 372 ilmiy maqolalar chop etildi.
2002 yildan to 2009 yilgacha kafedraga O’zR FA akademigi Tal’at Saatovich Saatov rahbarlik qildi, u hozirda ham kafedra professori lavozimida ishlamoqda. T.S. Saatov 20 yildan ortiq kafedra yaqin aloqada ishlaydigan O’zR FA Biokimyo institutini boshqargan. T.S. Saatov rahbarligida 8 doktorlik va 30 nomzodlik dissertastiyalari himoya qilingan, 6 monografiya, 3 darslik, 12 o’quv-uslubiy qo’llanma va 450 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, shu jumladan 16 dan ortiq patentlar olingan.
Noorganik va analitik kimyo kafedrasi 1972-1973 o’quv yilida tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari etib A.Y.Yuldashev (1972-1974 yy.) tayinlandi. 1974 yildan to 1994 yilgacha kafedrada X.X. Xakimov, 1994 yildan to 1997 yilgacha S.R. Tulyaganov rahbarlik qildi. 1997-1998 o’quv yilida kafedraga A.A. Akbarov rahbarlik qildi. 1998-2001 yillarda kafedra rahbari R.G. Sultanov, 2002 yildan hozirga qadar «Bionoorganik va bioorganik kimyo» kursini rahbari Nazira Tillyaxodjaevna Alimxodjaevadir.
1990 yili Noorganik va Organik kimyo kafedralarini qo’shilishi natijasida «Umumiy va bioorganik kimyo» kafedrasi tashkil etildi.
1992 yili Umumiy va bioorganik hamda Biologik kimyo kafedralarining qo’shilishi natijasida Organik va biologik kimyo» kafedrasi tashkil etildi.
1997 yili «Tibbiy va biologik kimyo» kafedrasi qayta tashkil qilindi.
2002 yili kafedralarni ajralishi munosabati bilan “Umumiy kimyo” kafedrasi qayta tashkil qilindi.
2005 yilda O’zR OO’Yu vazirligi buyrug’i asosida kafedralar qo’shildi – «Bionoorganik va bioorganik kimyo» kursi vujudga keldi.
2009 yildan 2017 yilga qadar «Biologik, bionoorganik va bioorganik kimyo», 2017 yildan 2025 yilga qadar «Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika» hamda 2025 yildan to hozirgi davrgacha «Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, biofizika va tibbiy informatika» kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Nasirjan Muxamedjanovich Yuldashev rahbarlik qilib kelmoqda.