Bosh sahifa

Аssalomu-aleykum, kаfedramizning veb-saytiga xush kelibsiz!

Hurmatli saytimiz mehmonlari!

Sizni bizning Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, biofizika va tibbiy informatika kafedramizda ko`rishdan mamnunmiz!

 Kafedra xodimlari

Professor-o’qituvchilar tarkibi –  38 kishi.

Kafedraning ilmiy salohiyati: 63 %

Kafedraning o’quv-yordam tarkibida uslubiy 1 kishi laboratoriya mudiri va laborantlardan mavjud.

Kafedra doktorantlari: Xabibullaev S.M., Rashidova D.A.

Kafedra tayanch doktoranti: Nayimov B.N.

Kafedra quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi:

  1. 03.00.01- Biokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Tajribaviy sharoitda shakar o‘rnini bosuvchilar ta’sirida organizmda insulinrezistentlikning rivojlanishini hujayraviy-molekular mexanizmlari” mavzusi (Xabibullayev S.M.).
  2. 03.00.01- Biokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Miokardning nekrotik shikastlanishida qonning aminokislotalari tarkibi hamda ba’zi proteinogen va noproteinogen aminokislotalarning patologik jarayonga ta’sir mexanizmlari”  mavzusi (Rashidova D.A.).
  3. 03.00.01- Biokimyo ixtisosligi bo‘yicha «Gipoksiyaga rezistentligi turlicha bo’lgan kalamushlarda alloksan diabeti rivojlanishining o’ziga xosliklari» mavzusi (Nayimov B.N.).
  4. 03.00.01- Biokimyo ixtisosligi bo‘yicha “Jigar monooksigenaza tizimining funksional holatining qandli diabetning eksperimental kechishiga ta’siri” mavzusi (assistant- mustaqil izlanuvchi Abdurashidov A.B.)

O’qitiladigan talabalar kontingenti:

1-kurs: Oliy hamshiralik ishi yo’nalishi

1-2 kurslar: Pediatriya ishi; Davolash ishi; Fundamental tibbiyot yo’nalishi

3-4 kurslar: Tibbiy biologiya yo’nalishi.

Xalqaro fakultet: 1-2 kurs Pediatriya ishi; Davolash ishi; Stomatologiya yo’nalishi.

Kafedrada o’rganilayotgan fanlar

Tibbiyotda axborot texnologiyalari

Biokimyo

Tibbiy biokimyo

Klinik biokimyo

Tibbiy biologiya, umumiy genetika

Tibbiy kimyo

Biofizika

Tibbiy informatika