Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar ma`naviy odob ahloq tarbiyasining samarali shakl hamda usullarini tatbiq etishga yo`naltirilgan.




Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha tasdiqlangan tematik reja, kutubxona hamda ma`naviyat burchagi mavjud. Ishlar reja asosida barcha guruhlarda olib boriladi.
Bundan tashqari kafedrada murabbiylik ishi ham olib boriladi, buning uchun har yili yillik murabbiylik rejasi ishlab chiqiladiki, u bo`yicha guruhlarda doimiy ravishda muloqotlar o`tkaziladi hamda O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va ma`naviy-ma`rifiy tabiatiga ega materiallar muhokama qilinadi.


Kafedraga I pediatriya fakul’tetining murabbiylik guruhlari biriktirilgan. Murabbiylik guruhlari bilan birga o`qituvchilar «Mustaqillik kuni», «Talabalar kuni», «Murabbiy va o`qituvchilar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Navro`z», 8 mart va boshqa bayramlarda faol ishtirok etadilar.



Murabbiylik guruhlarida talabalarda yuqori ma`naviy-ma`rifiy sifatlarni, vatanparvarlik hissini, o`zaro xurmat va ishonchni shakllantirishga yo`naltirilgan suhbatlar o`tkaziladi. Talabalar tomonidan quyidagi mavzularga bag’ishlangan ma`ruzalar tayyorlangan: «Oila xuquqi va manbalari», «Konstitutsiya», «Terrorizm», «Chekish va narkomaniyaning zarari haqida», «Ezgulik va rahmdillik haqida», «Shifokor vazifalari» va boshqalar.

Guruhlar murabbiylar bilan birga «Qaxramonlik», «San`at», «Tibbiyot», «Amir Temur», «Sport shon-shuhrati» muzeylariga, «Milliy dramatik teatr», «Abror Xidoyatov», «Ilhom» va shu kabi teatrlarga boradilar.

«Yoshlar bilan ishlash» va “Ma’naviyat” bo’limlari bilan birgalikda doimiy ravishda nogiron va kam ta`minlangan talabalarga moddiy yordam ko`rsatadi.Murabbiylar talabalarning talabalar yotoqxonasi hamda shaxsiy kvartiralarda yashash sharoitlari bilan tanishib boradilar. Imkoniyat darajasida ularga yordam ko`rsatadilar.


Undan tashqari kafedra hodimlari muntazam ravishda kafedra va oliy dargohimizda ishlab ketgan olimlardan hol-habar olib turishadi.


Kelajak soatlari haftaning har dushanba kunlari muntazam o’tkazilib, kafedra hodimlari tomonidan internet tarmoqlarida keng yoritilib kelinmoqda.

Kafedrada Prezident Farmonlari, Hukumat, Oliy o`quv yurtlari Vazirlari qarorlari, siyosiy hayot yangiliklari va shu kabilarni o`z ichiga olgan papka mavjud. Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarda faol muhokama qilinadi.


Murabiylik ishlar:
B.f.n. Shertayev M.M. (430/1P-guruh, 1-pediatriya fakulteti)
PhD Dadaxodjayeva M.R. (431/1P-guruh, 1-pediatriya fakulteti)
Ass. Abdurashidov A.B. (433/1P-guruh 1-pediatriya fakulteti)
Ass. Riksiyeva U.Sh. (434/1P-guruh, 1-pediatriya fakulteti)
Ass. Mirbabayev Sh.R. (435/1P-guruh, 1 pediatriya fakulteti)
Ass. O’rinbayeva M.T. (436/1P-guruh, 1 pediatriya fakulteti)
Ass. Samanova G.B. (437/1P-guruh, 1 pediatriya fakuteti)


№2 TTJ da Ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha olib borilgan tadbir


Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “Inson qadriyatlari” mavzusiga bag‘ishlab ma’ruza qilindi. Tadbirda inson qadri uning qilgan qimmatli ishlari bilan go‘zal ekanligi to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
Berdaq hayoti va ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha Adiblar xiyobonida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar bilan “Ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va boshqа mavzularda davra suxbati






Xalqaro fakultetda chinakamiga iliq va unutilmas muhit hukm surdi.
Biz xorijiy talabalar uchun Navro‘z bayramini nishonladik.
Tashkilotchilar — tyutorlar Shahzoda Toshpulatova va Zarina Nazmiyeva hamda pedagog (PhD) Mohidil Dadahodjayeva.
Navro‘zning an’analari va mazmuni haqida chiroyli taqdimot orqali so‘zlab berdik, milliy raqslar, musiqa va ko‘plab iliq his-tuyg‘ular bilan boyitdik — natijada juda samimiy va bahoriy ruhdagi tadbir bo‘ldi 🌸
Bunday lahzalar — bu birlik, madaniyat va bayramning haqiqiy kayfiyati haqida


TDTU 2-kampus Tibbiy va biologik kimyo, tib biologiya, biofizika va tib informatika kafedrasi pedagogi Mirbabayev Sh 04.04.2026 kuni 109B/DI akademik guruh talabalariga kashandalik zararlari haqida axborot darsi oʻtib berdi. Dars chekishning organizmga zararlari va ularni keltirib chiqaradigan talofatlari haqida talabalar bilan bahs munozara tarzida oʻtkazildi.
Sana: 04.04.2026yil
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul: PhD Dadaxodjayeva M.R.