Kafedrasining ilmiy – izlanish ishlari.
Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi «Bolalarda tug’ma ko’z kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi, davosi va reabilitatsiyasi».
Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilmoqda:
1. Bolalar ko’ruv a’zosi kasalliklarini diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasining zamonaviy usullari.
2. Shox parda va kon’yunktiva kasalliklarida amniotik membrana transplantatsiyasi masalalari. 2011 yilda Iskandarova M.A. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi
3. Bolalarda travmatik kataraktani xirurgik davolash va reabilitatsiyasini mukammallashtirish.
4. Bolalar ko’ruv a’zosi tug’ma va orttirilgan kasalliklarini lazerli davolash usullari.
5. Bolalarda atipik g’ilaylikni diagnostikasi va xirurgik korrektsiyasini optimizatsiyasi.
6. Bolalarda bir tomonlama kataraktani xirurgik davolashdan so’ng refraktogenezning xususiyatlari.
7. Bolalarda tug’ma glaukomani xirurgik davolash usullarini mukammallashtirish. 2019 yilda Xamroeva Yu. A. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi. (PhD)
8. Maktab yoshidagi bolalarda ko’zlarning allergik kasalliklarini diagnostikasining klinik – immunologik aspektlari.2017 yilda Nazirova Z.R. tomonidan doctorlik dissertatciyasi (PhD) himoya qilindi.
9. Marfan sindromining ko’zdagi belgilarini diagnostikasi va xirurgik davosining o’ziga xosliklari. 2019 yilda Toshpulatova A.Z. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi. (PhD)
Kafedraning ilmiy saloxiyati – 45%.
Talabalar ilmiy jamiyati.
2014-2017 o`quv yilda kafedrada 8 talaba TIJda qatnashib, ilmiy faoliyat olib borishdi, natijalar 43-talabalar ilmiy – amaliy anjumani tezislar tuplamida chop etildi. Dotsent Hamraeva L.S. raxbarligi ostida magistratura 3 – kurs talabasi Boboxa L.Y. yosh olimlar ilmiy – amaliy anjumanida ma’ruza bilan qatnashib, 1- o’rinni egallashdi va diplom, sovg’alar bilan taqdirlandi.
“Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturi
Maqsad
“Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturining professor-o`qituvchilari tomonidan “Oftalmologiya bolalar oftalmologiya” kafedrasi keng miqyosida kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, elektron resurslar va ma`lumotlar bazalarini yanada kengaytirishga qaratilgan.
Ro`yxatdan o`tish
Oftalmologiya bolalar oftalmologiyasi barcha 12 ta hodimlari Scopus va Science Direct halqaro ilmiy-texnik ma`lumotlar bazasidan ro`yxatdan o`tgan.
Mutahassislik bo`yicha yuklab olingan ma`lumotlar
Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasining barcha xodimlari Scopus va Science Direct halqaro ilmiy-texnik ma`lumotlar bazasidan g`ilaylik, gavhar, to`r parda va shishasimon tana kasalliklari, glaukoma mavzusi bo`yicha 230 ta ma`lumotlarni yuklab olgan. Kafedra assistentlari Tashmuhamedov A.A. to`r parda kasalliklari bo`yicha, Maxmudova D.T., g`ilaylik bo`yicha, Boboha L.Y. gavhar kasalliklari bo`yich va t.f.n. To`raqulova D.M. rahbarligi ostida 2 nafar 3 kurs magistri glaukoma kasalligi bo`yicha yuklab olingan ma`lumotlardan o`z dissertatsiya ishida foydalanmoqda.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya «Bolalarda glaukomasining dolzarb masalalari» 10 mart 2025 yil otkazilgan.
2025-yil 10-mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti bazasida “Bolalar glaukomasining dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida 135 dan ortiq ishtirokchi oflayn tarzda va 60 dan ortiq ishtirokchi onlayn tarzda qatnashdi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi mutaxassislari bilan bir qatorda yaqin xorij davlatlari — Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Qozog‘iston mutaxassislari, shuningdek, ordinator shifokorlar, tadqiqotchilar, yosh olimlar, amaliyotchi shifokorlar hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bor edi.
Konferensiyaning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat bo‘ldi: bolalar oftalmologiyasi muammolari; bolalarda glaukoma — diagnostika, terapiya va reabilitatsiyaning zamonaviy yondashuvlari; muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda retinopatiya, erta diagnostika, davolash, refraksion patologiya; katarakta bilan og‘rigan bolalarni diagnostika qilish, davolash va reabilitatsiya qilishning zamonaviy yondashuvlari; zamonaviy strabizmologiya muammolari; ko‘z jarohatlari; bolalar oftalmoxirurgiyasining zamonaviy tendensiyalari; onkooftalmologiya; bolalar ko‘rligi va sust ko‘rish; ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ijtimoiylashtirish muammolari.
ENG YAXSHI DOKLAD

S.D. Asfendiyarov nomidagi Milliy tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tgan II Xalqaro milliy-amaliy yosh olimlar konferensiyasi “Oftalmologiyada innovatsion texnologiyalar” mavzusida yuqori darajada tashkil etildi.
Unda 3-kurs magistratura talabamiz faol ishtirok etib, o‘z ilmiy ishi bilan faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yutuq uning ilmiy salohiyati va mehnatsevarligining yorqin natijasidir.
Ilmiy raxbar Xamrayeva Lola Salimovna