Kafedrada ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi o`quv yili boshida tuziladi va tasdiqlanadi, tizimli olib borilmoqda. “Ma’naviyat-marifat” ishlari buyicha yigilishlar xar oyda o`tkazilib, baennomalar ezib borilmokda. Kafedradagi “Ma’naviyat – marifat” burchagi Prezidentimizning yangi asarlari bilan to`ldirildi va “Manaviyat va ma`rifat”, “Sog`lom turmush tarzi” stendlari yangilanadi. “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “Put v nikuda” SPIDga qarshi kurashish, “Sog`lom turmush tarzi” banner stendlari yaratildi. Muntazam «Axborot soatlari» da kafedra xodimlari, magistrlar, klinik ordinatorlar, talabalar Prezidentimizning yangi asarlari, Oliy Majlis sessiyalari meteriallari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun va mohiyati, ulardan kelib chiqadigan vazifalar bilan tanishtirib borildi. Mamlakatimizda milliy bayramlar, tarixiy sanalar O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 26 yilligi kuniga, Ustoz va murabbiylar kuniga, O`zbek tili kuniga, O`zbekiston Respublikasi Konstitu tsiyasi kuniga, Vatan himoyachilari kuniga bagishlab “Mustaqillik darsi”, «Ustozlarni qadrlaymiz», «Tilga e’tibor -elga e’tibor» , O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlab davra suxbatlari, bayram-tadbirlari o’tkazilib kelinmoqa, videofilmlar ko`rsatilmoqda.

Ko’z ko’rmay qolishi xavfli kasallikning bir turi bo’lishi mumkin

Telefon — bu shunchaki vosita, tarbiyachi emas. Eng katta xato — o‘zimiz uchun «bir daqiqalik sukunat» sotib olish maqsadida gadjetni bolaga tutqazishdir. Unutmang: hech qaysi ilova onaning issiq nigohi va otaning mahkam qo‘l siqishi o‘rnini bosa olmaydi.
Senzor (nazoratchi) emas, oyna bo‘ling. Agar o‘zingizning ko‘zlaringiz doimo yangiliklar lentasiga qadalgan bo‘lsa, boladan telefonni chetga surib qo‘yishni talab qilish befoyda. Biz bolalarni so‘z bilan emas, balki o‘z turmush tarzimiz bilan tarbiyalaymiz.

Raqamli olam cheksiz, ammo haqiqiy olam chuqurroqdir. Onlayn o‘yinlar o‘rmondagi sayr yoki birgalikda kitob o‘qishdan ko‘ra tezroq rivojlantiradi, deb hisoblash — xato. Hayot hidlar, tuyishlar va jonli kulgi orqali anglanadi.
Kichik maslahat
Telefonni shunchaki «olib qo‘yishga» emas, balki uning o‘rniga nimadir «berishga» harakat qiling. Bolaning energiyasi qayergadir sarflanishi kerak — mayli, bu birgalikdagi sevimli mashg‘ulot, sport yoki shunchaki kechki dildan suhbatlar bo‘lsin.
To‘liq videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=2y54DUMie4c
16.04.2026y Kitobxonlik
Talabalarga qisqacha ma’ruza oqib berdilar

Kitobxonlik — insonni rivojlantiradigan eng kuchli odatlardan biridir. Har bir o‘qilgan kitob yangi fikr, yangi dunyoqarash va ilhom olib keladi. Kuniga hatto 10-15 daqiqa kitob o‘qish ham katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘qing va o‘zingizni rivojlantiring

Kitob o‘qigan insonning nutqi ravon, fikrlashi teran va maqsadlari aniq bo‘ladi. Ayniqsa, yoshlar uchun kitobxonlik bilim va muvaffaqiyat sari eltuvchi eng muhim kalit hisoblanadi. Kuniga atigi 10–15 daqiqa kitob mutolaa qilish ham inson hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.
Bugungi kunda kitob — eng yaqin do‘st, eng yaxshi ustoz va hayot yo‘lida ishonchli hamrohdir. Shunday ekan, vaqtingizni foydali o‘tkazing, ko‘proq kitob o‘qing va o‘zingizni har tomonlama rivojlantiring. Chunki kitobxon insonning kelajagi hamisha porloq bo‘ladi.
Magistartura talabari bilan spot togaraklarida qatnashish MySport
MySport – sport va sog‘liq uchun shiyori ostida, barcha Pediatrik kampus magistr talabalarni 22.05.2026 soat 13:00 da sport saroyiga (zal) normativlarni topshirish va tennis, basketball, volleyball, kabi sport turlarida qatnashishga chaqiramiz. Ishtirok etish va bayonnoma tuzish majburiy.

Talabalarimizning salomatligi ularning barkamol rivojlanishi va sifatli tibbiy ta’lim olishi uchun eng muhim omillardan biridir. Zero, sog‘lom inson har qanday qiyinchilikni yenga oladi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga ishonch bilan intiladi va jamiyat ravnaqiga munosib hissa qo‘sha oladi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli universitetimizda talabalar salomatligini mustahkamlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Ushbu to‘garaklarda futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar muntazam ravishda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, sport musobaqalari va qiziqarli turnirlar tashkil etilib, talabalar o‘z mahorati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etmoqdalar.
Magistratura talabalari ham sport tadbirlarida faol ishtirok etib, nafaqat jismoniy chiniqish, balki ruhiy hordiq olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Sport zallaridagi samimiy muhit, do‘stona munosabat va sog‘lom raqobat talabalar kayfiyatini ko‘tarib, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi.
Biz ishonamizki, sog‘lom va faol yoshlar — yurtimiz kelajagi, tibbiyot sohasi rivoji hamda jamiyat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» bosh go’yaning mohiyati

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh g‘oyasining mohiyati — jamiyatdagi barcha insonlarni bir maqsad atrofida birlashtirish, milliy birlik va hamjihatlikni mustahkamlash hamda umumiy taraqqiyot sari intilishdir.
Bu g‘oya Vatan ravnaqi, tinchlik va barqarorlikni asrash, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro hurmat va birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. “Yagona Vatan” tushunchasi har bir fuqaroning yurt taqdiriga daxldor ekanini anglatadi, “yagona xalq” esa turli millat va elat vakillarining bir oiladek ahil yashashini ifodalaydi.