Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda S.H. Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyining “Tabiiy va aniq fanlar” yo‘nalishiga ixtisoslashgan bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida markaz direktori Sh.I. Ro‘ziyev o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Bunday davra suhbatlari ekspertiza xizmatini
aholiga yaqinlashish, ochiqlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga markaz faoliyati, sud-tibbiy ekspertiza sohasining o‘ziga xos jihatlari hamda o‘quvchilarning kasb o‘rganishlari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar markazning har bir bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Muloqot davomida o‘quvchilarning qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlari muhokama qilinib, sohaga oid amaliy ko‘nikmalar haqida tushunchalar berildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarni zamonaviy kasb va mutaxassisliklarga yo‘naltirish, ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb tanlashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.



