Hozirgi kunda sud-tibbiy ekspertiza sohasiga talab va ehtiyoj sezilarli darajada ortib bormoqda. Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasida ushbu yo‘nalishda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyat uyg‘un holda yo‘lga qo‘yilgan.
Kafedrada talabalarga sud-tibbiy ekspertizaning zamonaviy usullari, murdani tekshirish (autopsiya), tirik shaxslarni sud-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda biologik materiallar bilan ishlash asoslari chuqur o‘rgatilmoqda. Shuningdek, turli jarohatlar, zaharlanishlar va o‘lim sabablarini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Zamonaviy texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislar esa sud-tergov jarayonlarida aniq va ishonchli xulosa berishda muhim ahamiyat kasb etadi.


