Ma`naviy-marifiy faoliyati

Ma’naviy ma’rifiy ishlar TDTU rejasi asosida tashkil qilindi. 1. Tashkiliy ishlar. 2. Manaviy marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqildi va bajarilishni reja asosida kafedrada to’laqonli bajarilishini ta’minlamoqda. 3. Manaviy va marifiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Vazirlik Xayati qarorlari, buyruqlari va modemalarida berilgan vazifalar kafedrada to’laqonli bajarilishini ta’minlamoqda. 4. “Birinchi kurs maktabi” tadbirida bizning kafedrasi faol ishtrok etdi. Ma’naviy barkamol mutaxassislari tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta’minlash vatanparvarlik tarbiyasi “Vatanparvarlik o’lka tarixini o’rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda”(muqaddas qadamjolarga), “O’zbekiston jannatmakon diyor”, “Biz nechun sevamiz , O’zbekistonni”, “Bunyodkorlik yo’lida” mavzularida(mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar) tanishuv va sayohat uyushtiriladi.2025-yil 24-oktyabr kuni ToshDavTU 2-kampusida  “O‘zbek tilim – aziz ona tilimsan”!  shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda har yili fevral oyi madaniy tadbirlarga boy o‘tadi. Buyuk bobokalonlarimiz Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanalari munosabati bilan uchrashuvlar va adabiy kechalar uyushtiriladi. Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti  Pediatriya kampusida 2-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlar – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomlariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, t.f.d., professor Turdiqul Akramovich Bobomurodov kirish so‘zi bilan ochib, Navoiy va Bobur ijodini o‘rganishning ahamiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida gapirdi.Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Ashurali Jo‘rayev, taniqli shoira, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi Muxtarama Ulug‘ova mutafakkir shoirlarning adabiy merosi, shaxsiyati, hayoti va faoliyatiga doir qimmatli ma’lumotlar berdi va o‘z ijod namunalaridan o‘qidi.Tadbirda universitetning 1-kurs talabalari ishtirokida shoirlar ijodidan g‘azallar va kuy qo‘shiqlar yangradi, “Navoiy va Guli” monologi, “Bahru-bayt” bellashuvi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu adabiy-ma’rifiy kecha yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga xizmat qildi va yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.  Tadbirni O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri D.Buranova ochib berdi va ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana – ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklab, o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviyati va milliy o‘zligini ifoda etuvchi buyuk boylik ekanini ta’kidladi.

     

2-kampus, 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining O‘zbek tili vaxorijiy tillar kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar o‘rtasida  «Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik»  mavzusida ijodiy davra suhbati tashkil etildi.