Kafedra tarixi

26 avgust 1972 yilda tillar kafedrasi tuzildi. Kafedrada 5 til (rus, lotin, ingliz, nemis, franstuz) o’qitilar edi. Kafedra mudiri etib katta o’qituvchi Babina I.A. saylangan va 1975 yilgacha ushbu kafedrada rahbarlik qilgan. Kafedrani tashkil qilishda pedagoglar Goldzand L.G., Abdusattarova Z.L., Vilderman S.I., Kulbastkaya N.M., Shomansurova M.A., Raximova E.Z. faol ishtirok etishgan. 17 dekabr 1975 yildan 1997 yilgacha kafedrada filologiya fanlari nomzodi, dostent Fayzullaeva R.A. mudirlik qilib keldi. 23 sentyabr 1976 yilda Chet tillar kafedrasi nomlangan. 1985 yilda lotin tili bo’limi maxsus kurs bo’lib ajralib chiqdi. Bu kursga katta o’qituvchi Berezovskaya R.A. rahbarlik qilmoqda.

Kafedra jamoasi tomonidan bir nechta monografiya, maqola, uslubiy qo’llanma, o’quv qo’llanmalar bosilib chiqarildi. 1997 yildan boshlab p.f.n. Akramova L.Yu. rahbarlik qilgan. 1999 yildan boshlab kafedrada AQSh Tinchlik Korpusining ko’ngilli Rubi Long xonum faoliyat ko’rsatdi va ishladi. Ular tashabbusi bilan kafedrada talabalar “English Club”ga qatnab, u erda video filmlar, adabiyotlar bilan tanishdilar, turli xil o’yinlar o’ynadilar. 2003 yil dekabr oyidan  2014 sentyabr oyiga katta o’qituvchi Kamilova M.Sh. kafedra mudiri lavozimida  bo’lgan. Kafedri mudiri bo’lgandan buyon davlat ta’lim standartlari va tipovoy programmasi talabalariga mufoviq ishchi dasturi tuzildi. 2014 yil oktyabr oyidan boshlab dotcent Buranova D.D.  kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2019 yildan boshlab kafedra Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya Tibbiyot Universiteti bilan faol hamkorlik qilmoqda, xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etish.

2025 yilda ko’z faslida “O’zbеk, rus, lоtin tillаri kаfеdrаsi” bog’lanib va “2-son O’zbek va xorijiy tillar” dеb аtаlа bоshlаndi.Xozirgi kunda kafedra mudiri D.D.Buranovaning ilmiy va amaliy rahbarligi bilan o’quv jarayonida chet tilida dars mashg’ulotlarida masofaviy o’qitishni integratsiyalash uchun interfaol ta’lim texnologiyalari asoslari, o’quv jarayoniga innovatsion usullar joriy etilmoqda, kasbiy tibbiy kompetentsiya, diagnostika va kasbiy muammolarni chet tilida hal etishga tayyorlik darajasi monitoringi ishlab chiqilmoqda va o’quv amaliyotida qo’llaniladi.