Kafedraning xalqaro faoliyati uchun mas’ul: assistent Tolipov B.B.
Kafedraning xalqaro hamkorligi:
- Asfandiyarov nomidagi Kazakh Milliy Tibbiyot Universiteti Amaliy Ingliz tili kafedrasi (Kazakhstan) – Batykbaeva A.M.
- Bolonya universiteti Ingliz tili kafedrasi (Italia) – Roberto Boltri
- Asya Delim Til maktabi (Turkiya)

2025-yil davomida kafedra tomonidan belgilangan reja asosida bir qator muhim tashkiliy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, universitetda tahsil olayotgan xorijiy talabalar bilan ishlash yo‘nalishida bir qator tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar xorijiy talabalarni universitet hayotiga moslashtirish, ularning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratildi.
Shuningdek, kafedramiz professor-o‘qituvchisi Kavsar Sheraliyevna Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari bilan borib keldi. Mazkur safar davomida xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Talabalarni ingliz tilini o‘rganishga qiziqtirish, ularning til ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlaridan malakali mutaxassislar taklif etildi. Ushbu mutaxassislar ishtirokida seminar va treninglar tashkil etilib, talabalar uchun zamonaviy o‘qitish uslublari, amaliy mashg‘ulotlar hamda interaktiv darslar o‘tkazildi.
Seminarlar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va ularning bilim darajasini oshirishga xizmat qildi.
Yuqorida qayd etilgan ishlar 2025-yil davomida kafedraning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar bilan samarali ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
2026-yil 30–31-yanvar kunlari Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijiy oliy taʻlim muassasalarining olimlari tasrifi doirasida Rossiya Federal davlat budjet oliy ta’lim muassasasi “Pitirim Sorokin” nomidagi Siktivkar davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi V.A. Malseva hamda 2-son “O‘zbek va xorijiy tillar” va “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedralari ishtirokida “Til kompetensiyasi kasbiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi sifatida” mavzusidagi Xalqaro tadbirlar turkumi – seminar, ma’ruza va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
