Ma`naviy-marifiy faoliyati

Ma’naviy ma’rifiy ishlar TDTU rejasi asosida tashkil qilindi. 1. Tashkiliy ishlar. 2. Manaviy marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi ishlab chiqildi va bajarilishni reja asosida kafedrada to’laqonli bajarilishini ta’minlamoqda. 3. Manaviy va marifiy sohaga doir O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, Vazirlik Xayati qarorlari, buyruqlari va modemalarida berilgan vazifalar kafedrada to’laqonli bajarilishini ta’minlamoqda. 4. “Birinchi kurs maktabi” tadbirida bizning kafedrasi faol ishtrok etdi. Ma’naviy barkamol mutaxassislari tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta’minlash vatanparvarlik tarbiyasi “Vatanparvarlik o’lka tarixini o’rganishdan boshlanadi” (tarixiy joylarga), “Ajdodlar xotirasi yodimizda”(muqaddas qadamjolarga), “O’zbekiston jannatmakon diyor”, “Biz nechun sevamiz , O’zbekistonni”, “Bunyodkorlik yo’lida” mavzularida(mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar) tanishuv va sayohat uyushtiriladi.2025-yil 24-oktyabr kuni ToshDavTU 2-kampusida  “O‘zbek tilim – aziz ona tilimsan”!  shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

       Tadbirni O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri D.Buranova ochib berdi va ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana – ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabriklab, o‘zbek tilining xalqimiz ma’naviyati va milliy o‘zligini ifoda etuvchi buyuk boylik ekanini ta’kidladi..

2-kampus, 1-Pediatriya va xalq tabobati fakultetining O‘zbek tili vaxorijiy tillar kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar o‘rtasida  «Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik»  mavzusida ijodiy davra suhbati tashkil etildi.