Ma`naviy-ma’rifiy faoliyati

Kafedrada ma’naviy-marifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi o`quv yili boshida tuziladi va tasdiqlanadi, tizimli olib borilmoqda. “Ma’naviyat-marifat” ishlari buyicha yigilishlar xar oyda o`tkazilib,  baennomalar ezib borilmokda. Kafedradagi  “Ma’naviyat – marifat” burchagi Prezidentimizning yangi asarlari bilan to`ldirildi va “Manaviyat va ma`rifat”, “Sog`lom turmush tarzi”  stendlari yangilanadi.  “O`zbekiston kelajagi buyuk davlat”, “Put v nikuda” SPIDga qarshi kurashish, “Sog`lom turmush tarzi” banner stendlari yaratildi. Muntazam «Axborot  soatlari» da kafedra xodimlari, magistrlar, klinik ordinatorlar, talabalar Prezidentimizning yangi  asarlari,  Oliy Majlis sessiyalari meteriallari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun va mohiyati, ulardan kelib chiqadigan vazifalar bilan tanishtirib borildi.  Mamlakatimizda milliy bayramlar, tarixiy sanalar O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 26 yilligi kuniga, Ustoz va murabbiylar kuniga, O`zbek tili kuniga, O`zbekiston Respublikasi Konstitu tsiyasi kuniga, Vatan himoyachilari kuniga bagishlab  “Mustaqillik darsi”, «Ustozlarni qadrlaymiz»,  «Tilga e’tibor -elga e’tibor» , O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga, “14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni” ga bag’ishlab davra suxbatlari, bayram-tadbirlari o’tkazilib kelinmoqa, videofilmlar ko`rsatilmoqda.

Ko’z ko’rmay qolishi xavfli kasallikning bir turi bo’lishi mumkin

Telefon — bu shunchaki vosita, tarbiyachi emas. Eng katta xato — o‘zimiz uchun «bir daqiqalik sukunat» sotib olish maqsadida gadjetni bolaga tutqazishdir. Unutmang: hech qaysi ilova onaning issiq nigohi va otaning mahkam qo‘l siqishi o‘rnini bosa olmaydi.

Senzor (nazoratchi) emas, oyna bo‘ling. Agar o‘zingizning ko‘zlaringiz doimo yangiliklar lentasiga qadalgan bo‘lsa, boladan telefonni chetga surib qo‘yishni talab qilish befoyda. Biz bolalarni so‘z bilan emas, balki o‘z turmush tarzimiz bilan tarbiyalaymiz.

Raqamli olam cheksiz, ammo haqiqiy olam chuqurroqdir. Onlayn o‘yinlar o‘rmondagi sayr yoki birgalikda kitob o‘qishdan ko‘ra tezroq rivojlantiradi, deb hisoblash — xato. Hayot hidlar, tuyishlar va jonli kulgi orqali anglanadi.

Kichik maslahat

Telefonni shunchaki «olib qo‘yishga» emas, balki uning o‘rniga nimadir «berishga» harakat qiling. Bolaning energiyasi qayergadir sarflanishi kerak — mayli, bu birgalikdagi sevimli mashg‘ulot, sport yoki shunchaki kechki dildan suhbatlar bo‘lsin.

To‘liq videoni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=2y54DUMie4c