Qatnashdilar: Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisлари: Z.M. Raximberdiyeva, D.Z. Yusupov va kafedralarning professor-o`qituvchilari.
Kun tartibida:
1.“Halollik vaksinasi” haqida tushuncha berish.
2. Korrupsiyaning ta’lim sifatiga ta’siri. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Z.M. Raximberdiyeva so`zga chiqib, “Halollik vaksinasi” mazmuni haqida ma’lumot berdi. Halol so‘zi arabcha so‘z bo‘lib “ijozat etilgan –islomda ruxsat berilgan” degan ma’noni anglatadi.Vaksina (lotincha vassina.- sigirga oid) emlashda ishlatadigan moddalar –infeksion kasalliklarni oldini olish yoki davolash maqsadida qo‘llanadigan preparatlardir. Hallolik vaksinasi bilan emlash bu- xar bir inson ongi va qalbiga amaldagi qonunlarga so‘zsiz itoat qilishdir. Yoshlar ongida halollik, vijdonlilik va mas’uliyat tushunchalarini shakllantirishning muhimligini , yosh avlodda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni, har qanday qonunbuzarlikka befarqlikni oldini olishga qaratilganligi tushuntirildi.
Korrupsiya termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid raviishda foydalanishni anglatadi. Korrupsiyaning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikka jiddiy xavf soluvchi murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidladi. Z.M. Raximberdiyeva korrupsiya ikki tomon ishtirokida yuzaga kelishini, o‘qituvchi va talaba qonun hamda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishi kerakligini, ta’lim muassasalarida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik muhiti shakllantirilishi zarurligini bildirdi.
D.Yusupov ham, кorrupsiya bu jamiyat kushandasi, fuqarolarning davlat idoralariga ishonchini susaytirishi, qonun ustuvorligini zaiflashtirishi va ijtimoiy tenglik tamoyillariga putur yetkazishini, uni to‘htatish uchun shu yurtning fuqorosiman degan har bir vijdonli kimsa bu illatga qarshi birga kurashmog‘i lozimligini ta’kidladi
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurash faqatgina qonunlar va jazolar bilan emas, balki uzluksiz ma’rifiy ishlar, yoshlarning huquqiy ongini oshirish, halollik va adolat tamoyillariga sodiqlikni tarbiyalash orqali samarali bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi
Qaror qilindi: Mazkur tadbirdagi muhokamalar barcha o‘quv va murabbiylik guruhlarida boshqa professor va o‘qituvchilar o‘rtasida doimiy ravishda keng muhokama qilinsin.
