Kafedraning davolash faoliyatiga mas’ul: PhD assistent Mirsaidova X.M.
Bemorlarni keng qamrab olish va talabalarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash maqsadida kafedraning davolash faoliyati mamlakatning yetakchi tibbiyot muassasalari negizida amalga oshiriladi.
Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi bir nechta klinik bazalar bilan o‘zaro hamkorlik haqida shartnomalar tuzgan. Ulardan:
Asosiy klinik baza: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi.
Qo‘shimcha bazalar:
- Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tekshirish markazi,
- 5 – shahar klinik shifoxonasi
O‘quv yili davomida kafedra xodimlari klinik bazalarda jadval asosida konsultatsiyalar o‘tkazadilar.
Kafedra professor va dotsentlari bo’limlarda davra suhbatini o’tkazib, og’ir bemorlarga maslahat berishadi.
Kafedra mudiri, t.f.d., professor Alyavi B.A. Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazida, kafedra professori Daminov B.T. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tekshirish markazida tashhis-maslaxat ishlarini olib boradi.

Magistrlar va klinik ordinatorlar kafedra xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tashhis jixatidan murrakab bo‘lgan bemorlarni ko‘rigida, kasalxona konferensiyalarida faol ishtirok etdilar. Assistentlar amaliyotiga, talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlarni o‘qitishda isbotlovchi tibbiyot prinsiplari kiritiladi.
Davolash ishining asosiy yo‘nalishlari
Kafedra xodimlari ichki kasalliklarning keng doirasi bo‘yicha maslahat va davolash-diagnostika yordamini ko‘rsatadilar. Asosiy ish shakllariga quyidagilar kiradi:
Maslahat yordami: Professor-o‘qituvchilar tarkibi bazaviy klinikalarda diagnostik va terapevtik jihatdan murakkab bo‘lgan bemorlarni davolash uchun muntazam ravishda tashriflar va konsiliumlar o‘tkazadi.
Sayyor ko’rik: Tibbiy yordamning ommabopligini oshirish doirasida kafedra mutaxassislari har yili respublika viloyatlari va Toshkent shahrining turli hududlariga tashrif buyurib, bemorlarni joyida ko‘rikdan o‘tkazadilar. Yunusobod tumanidagi “Yunusobod”, “Akbarobod”, “Bobodehqon”, “Axilobod” va “Yangibog” MFY-larida fuqarolar uchun tor doiradagi mutaxassislar Terapevt tibbiy ko’rigi o’tkaziladi

2025-yilning 17-19 sentyabr kunlari kafedra xodimlari Ortiqboyev J.O., Rasulev Yo.E., Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali faoliyati bilan tanishdilar. Kafedra xodimlari markazning mazkur filiali gemodializ bo‘limlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Yo.E. Rasulev va J.O. Ortiqboyev bilan Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul Xusanov Sh.S. bilan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, Jizzax viloyati G‘allaorol, Zomin va Sharaf-Rashidov tibbiyot birlashmalari tibbiyot xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.

Sanitariya aviatsiyasi: Kafedra xodimlari hududlarda murakkab klinik holatlarda shoshilinch va ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish orqali sanitariya aviatsiyasi faoliyatida ishtirok etadilar.

Joriy yilning boshida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, kafedra professori Botir Daminov hamda kafedra xodimlari J.O.Ortiqboyev va Yo.E.Rasulev respublikaning Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan bordilar. Mutaxassislar surunkali glomerulonefrit, surunkali pielonefrit, diabetik nefropatiya va surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Shuningdek, poytaxtlik mutaxassislar filialning gemodializ bo‘limlari faoliyati bilan tanishdilar va Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati tibbiyot birlashmalarining tibbiyot xodimlari uchun seminarlar o‘tkazildi.

Tashrif yakunlari va bemorlarni ko‘zdan kechirish natijasida mas’ul shaxslarga kamchiliklarni bartaraf etish, bemorlar uchun sharoit yaratish, ularning salomatligini mustahkamlash va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.ni ko‘zdan kechirish natijasida mas’ul shaxslarga kamchiliklarni bartaraf etish, bemorlar uchun sharoit yaratish, ularning salomatligini mustahkamlash va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davolash ishlari kafedraning ilmiy faoliyati bilan chambarchas bog‘langan. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan zamonaviy diagnostika va davolash protokollari amaliyotga joriy etilmoqda, bu esa barcha klinik bazalarda tibbiy yordam ko‘rsatishning yuqori darajasini saqlab qolish imkonini beradi.
