Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ
O’rta Osiyo Medisina Pediatriya instituti Gospital terapiya kafedrasi institut tashkil topgan. 1972 yildan buyon o’z faoliyatini olib bormoqda. 1978 yili kafedra ikkiga bo’lindi: I pediariya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi va II pediariya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasiga. 1979 yili kafedra fakultativ va gospital terapiya kafedralariga bulindi. 1982 yili kafedra yana qayta ichki kasalliklar kafedrasi №1 deb nomlandi. 1997 yilda barcha terapiya kafedralari qushilib, yagona bitta Fakultet ichki kasalliklar, xarbiy dala terapiyasi, kasb kasalliklari, gospital ichki kasalliklar va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi tashkil qilindi va unga mudir etib professor Utkir Bakirxanovich Sharapov tayinlandi. 2000 yildan 2012 yilgacha professor Raximov Shuxrat Malikovich, 2012 yildan boshlab kafedraga Alyavi Bahromhon Anisxonovich rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Kafedra mudiri: T.f.d., Professor Alyavi Baxromxon Anisxonovich

Kafedra xodimlari:
Dotsentlar: Adilova D.Sh., Ataxodjaeva G.A., Kadirova G.G., Karimdjanova G.A., Mirzaeva B.M., Muminov Sh.K., Nigmanov B.B., Sabirjanova Z.T., Tursunbaev A.K., Abduvaxitova A.N., Ortiqboev J.O., Sharapov O.N.
PhD Assistentlar: Abbasov A.K., Gazieva X.Sh., Daminov A.B., Igamberdieva R.Sh., Nurmuxamedova Yo.K., Mirsaidova X.M., Rasulev Yo.E., Ubaydullaeva B.N., Xudayberdieva G.A., Yuldashova Yu.X., Qayumov N.U., Minavarova Ch.A., Muxitdinova O.Yu., Saipova D.S., Fazilbekova Z.N.
Assistentlar: Baxtiyorova U.A., Valiev A.A., Djabbarova A.M., Juraboev D.D., Ikramova A.Sh., Ismailova E.N., Saidov Sh. B., Tursunboev R.S., Xalmuxamedov J.A., Shamuxamedova N.Sh., Usmonov D.A.
Kafedrada davolash ishi fakulteti barcha kurslari, pediatriya fakulteti 2,3,4,5 kurslari, xorijiy fakultet 2-3-4 kurs talabalari, Terapiya, Kardiologiya yo’nalishlari bo’yicha magistrlar va ordinatorlar tahsil olishadi.
O’qitiladigan fanlar:
“Tibbiyot kasbiga kirish», «Ichki kasalliklar propedevtikasi», «Ichki kasalliklar», «Klinik laboratoriya», «Gematologiya», «EKG asoslari»
Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda tadqiqotlar olib boriladi:
«Yurak kon-tomir, buyrak va ichki aʼzolar kasalliklarida zamonaviy tashxislash va davolash tamoillarini urganish va reabilitatsiya chora- tadbirlarini ishlab chiqish»
Ilmiy tadqiqot. Oxirgi 5 yil davomida 20 dan ortiq dissertatsiya ishlari himoya qilindi.
Bugungi kunda kafedrada 9 nafar professor, 9 nafar fan doktori, 29 nafar fan nomzodi va 17 nafar dotsent faoliyat yuritmoqda.
Kafedraning ilmiy darajasi: 70%
Klinik bazalar – Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy – amaliy tekshirish markazi, Kurortologiya ilmiy-amaliy markazi, 5 – shahar klinik shifoxonasi
Kafedra xodimlari ichki kasalliklar fanidan uslubiy ko’rsatmalar, qo’llanmalar va darsliklar yaratishda faol ishtirok etadilar. Bundan tashqari kafedra xodimlari, magistrantlar, izlanuvchilar va doktorantlar xalqaro anjumanlar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etishadi.
