Kafedrada Tibbit pedagogika va davolash fakulteti hamda Pediatriya fakulteti 3-4-5-kurs talabalari, « Gospital pediatriya » fanidan ta’lim oladi. Dars berish jarayoni yangi texnologiya uslublari orqali beriladi (grafik organayzer, loyiha, keys uslublari, multimediya ma’ruza materiallari).
Undan tashqari, dasturining boblariga binoan bir qator tematik o’quv xonalar (12) mavjud.
Kafedra xodimlari bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalarni umumiy parvarishi va hamshiralik ishi nazariyasi fanlari bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda.
Hozirgi kunda ular tomonidan 15 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar, 1 ta darslik va o’quv qo’llanmalari nashr qilingan. O’qitish ko’rsatkichlari, professor o’qituvchilarning mavqei shakllandi, malakasi oshdi, yangi pedagogik texnologiyalar o’rganildi. Olingan ilmiy amaliy bilimlar “Yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyotda tadbiq etilishi” nomli to’plamda nashr etildi.
Kafedrada talabalar oqish jarayonida 2 marotaba oraliq nazorat topshirishadi test korinishida test markaqzida, songra esa yakuniy nazorat talabalardan OSCE hamda ogzaki savol javoblar asosida qabul qilinadi/
Hozirgi vaqtda kafedrada talabalarga maruzalarni professor Aliyeva N.R., Ahmedova D.I., hamda dotsentlar Kuryazova Sh.M., Xudaynazarova S.R., Hodjimetov H.A. oqib kelishmoqda
Kafedrada oquv ishlaroga masul PhD, assitent Rahmatillayeva M.Sh.