2026-yil 14–15-aprel kunlari
Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining Gospital pediatriya va xalq tabobati kafedrasida Sibir Davlat Tibbiyot Universiteti professori Yelena Vladimirovna Loshkova ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy o‘quv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirlar doirasida talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlar va kafedra xodimlari uchun zamonaviy nefrologiya va pediatriya yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda mahorat darslari tashkil etildi.
14-aprel kuni professor Y.V. Loshkova “O‘tkir va surunkali glomerulonefrit” mavzusida ma’ruza o‘qib, kasalliklarning rivojlanish omillari, klinik kechishi, zamonaviy diagnostika usullari va dalillarga asoslangan davolash standartlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, “Dismetabolik nefropatiyalar” mavzusidagi ma’ruzada ushbu patologiyalarning etiologiyasi, tashxislash va davolashning dolzarb yondashuvlari yoritildi.
15-aprel kuni “Siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Unda o‘tkir sistit, uretrit va pielonefritning rivojlanish sabablari, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari hamda xalqaro standartlarga asoslangan davolash tamoyillari muhokama qilindi.
Mazkur tadbirlar Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va talabalarning nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida joriy yil 8-aprelkuni o‘tkazilgan «BOLALAR VA O‘SMIRLAR SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDAGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR»mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi
Talabalar, magistrlar va rezidentlar (klinik rezidentlar), doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar
Konferensiya talabalar, aspirantlar, rezidentlar va yosh olimlarning ijodiy faolligini rag‘batlantirish, shuningdek, ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish hamda bolalar va o‘smirlar salomatligi sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilishga qaratilgan. Shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan yosh tadqiqotchilar o‘rtasida ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.
Konferensiya qoʻshma formatda oʻtkaziladi: anʼanaviy ravishda Toshkent shahridagi Toshkent davlat tibbiyot universitetida shaxsan va Zoom platformasi orqali onlayn tarzda.
Konferensiya doirasida xorijdan va respublikadan kelgan yosh olimlar
ishtirokida yalpi va seksiya sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Basitxanova E.I va Toshkent davlat tibbiyot universiteti O‘quv ishlari prorektori, t.f.d., professor Q.N.Xaitov ilmiy-amaliy anjumanni ochib berishdi.
Anjumanda ToshDTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Т.А.Bobomuratov, ToshDTU Gospital pediatriya, xalq tabobati kafedrasi t.f.d., professori D.I. Axmedova va boshqa qator mutaxassis olimlar so‘zga chiqishdi.
Anjuman natijalaridan kelib chiqqan holda Respublika oliy ta’lim muassalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Anjuman ishi internet tarmog‘i orqali uzluksiz yoritilib borildi. Anjumanda respublikadagi davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlaridan malakali mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar, doktornatlar, magistrlar onlayn va oflayn formatda ishtirok etishdi.


Toshkent davlat tibbiyot universitetida joriy yil 26-mart kuni o‘tkazilgan“Yoshga qarab bolalar ovqatlanishining dolzarb muammolari” mavzusidagiRespublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanibo’lib o’tdi
Anjumanda tibbiyot va ishlab chiqarish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari va boshqa OO‘YU yetuk olimlari, professor-o‘qituvchilari va iqtidorli yoshlari hamda ilmiy tekshirish institut va markazlari yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Mamlakatimizda OO‘YU tashkilotlarning anjumandagi ishtiroki ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq qilish, yangi innovatsion usullarni ishlab chiqish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi
ToshDavTU Gospital pediatriya, xalq tabobati kafedrasida rejalashtirilgan “Yoshga qarab bolalar ovqatlanishining dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ToshDavTU Pediatriya kampusiga qarashli bosh o‘quv binosi 6 ma’ruzalar zalida 26-маrt kuni soat 9.00 -17.00 da bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Basitxanova E.I va Toshkent davlat tibbiyot universiteti O‘quv ishlari prorektori, t.f.d., professor Q.N.Xaitov ilmiy-amaliy anjumanni ochib berishdi.
Anjumanda ToshDTU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Т.А.Bobomuratov, ToshDTU Gospital pediatriya, xalq tabobati kafedrasi t.f.d., professori D.I. Axmedova va boshqa qator mutaxassis olimlar so‘zga chiqishdi.
Anjuman natijalaridan kelib chiqqan holda Respublika oliy ta’lim muassalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Anjuman ishi internet tarmog‘i orqali uzluksiz yoritilib borildi. Anjumanda respublikadagi davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlaridan malakali mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar, doktornatlar, magistrlar onlayn va oflayn formatda ishtirok etishdi. Anjumanda 166 ta (oflayn) 156 ta (onlayn) ishtirokchilar qatnashdi va 25 dan ortiq ma’ruzalar tinglandi. Barcha anjuman qatnashchilariga sertifikat, dastur, tezislar to‘plami topshirildi.
Ishtirokchilar soni – 322, Ayol ishtirokchilar soni – 239, Talaba ishtirokchilar soni -30, 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar soni- 70, Nashr etilgan tezislar soni – 220, Ishlab chiqarishga joriy qilinishga tavsiya etilgan ishlanmalar soni – 2
