Ilmiy faoliyati

Kafedrada ilmiy ishlarga javobgar: PhD, dotsent Muxamedjanova Fatima Rustamovna

Kafedra ilmiy yo‘nalishi — “Bolalar yoshidagi tug‘ma, irsiy moyillik bo‘lgan kasallarga genetik, ekologik va ijtimoiy omillarning ta’sir qilishi”  (shifr 14.00.09), t.f.d., professor Axmedova D.I. raxbarligida.

Ilmiy muammo: O‘zbekiston respublikasida yashovchi bolalarni surunkali va tug‘ma  kasalliklari.

Ilmiy yo‘nalishi: «O‘zbekiston respublikasida yashovchi bolalarni surunkali va tug‘ma  kasalliklariga olib keluvchi faktorlar, ularni oldini olish, davolash va reabilitatsiyasi».

Ilmiy izlanishlar. Oxirgi 5 yilda ilmiy ishlar ximoyasi:;

1. Xudaynazarova S.R. (PhD — 2021)

2. Popenkov A.V. (PhD — 2024)

3. Alyaviya M.N. (PhD — 2025)

4. Saidaliyaeva F. Sh. (PhD — 2025)

Xozirgi kunda kafedrada 4 tibbiyot fanlari doktori, 10 tibbiyot fanlari nomzodi, 2 professorlar va 8 dotsentlar

Kafedra ilmiy saloxiyati —

Ilmiy xamkorlik. Kafedra xodimlari Respublika ixtisoslashgan pediatriya tibbiyot ilmiy amaliy markazi, Sankt-Peterburg davlati pediatriya tibbiyot universiteti bilan aktiv ilmiy xamkorlik olib boradi.

Talabalr ilmiy jamiyati. Xar yili bakalavr, magistr va klinik ordinator talabalari kafedra bazalarida ilmiy ishlarda ishtirok etishadi.  Ilmiy ishlar natijalari talabalari ilmiy konferensiyalarida nashr qilinadi.

Ilmiy konferensiyalar. Kafedra xodimlari xar doim respublika va xorijda utkazilanadigan kongress, s’ezd va konferensiyalarda aktiv qatnashib kelishadi. Shunday qilib, kafedra xodimlari har yili oktyabr va noyabr oylarida o‘tkaziladigan bolalar kasalliklari bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqda. Bundan tashqari, kafedrada har yili bolalar kasalliklarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etiladi.

Ilmiy nashr. Oxirgi  10 yilda kafeda xodimlari tomonidan 802 ilmiy makolalar, 5 monografiya, 3 patent  va 10 EXM bo‘yicha guvoxnoma olingan.

Ilmiy jamoalarda ishtirok etishi. Kafedraning quyidagi xodimlari Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi Ilmiy kengash (DSc. 04/30.12.2019. 29.01) a’zosi hisoblanadi:

— t.f.d, professor Axmedova D.I. (14.00.09 — Pediatriya);

Kafedraning quyidagi xodimlari Toshkent pediatriya tibbiyot institutida Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar (DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01) a’zosi:

— t.f.d, professor Axmedova D.I. (14.00.09 — Pediatriya)