“Ilm-fan – 2024 -2025” milliy rivojlanish dasturi.
KAFEDRANING ILMIY FAOLIYAT MAQSADI
«Simulyasion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiyasi» kafedrasi ilmiy faoliyatining asosiy maqsadi «Ilm-fan – 2024-2025» milliy rivojlanish dasturi doirasida zamonaviy stomatologiya va simulyasion ta’lim sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o’qituvchilar va talabalarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishdan iborat.
Asosiy yo’nalishlar:
1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish:
- Stomatologiya va bolalar stomatologiyasi bo’yicha dolzarb muammolarni o’rganish
- Simulyasion ta’lim va klinik modellashtirish usullarini takomillashtirish
- Xalqaro ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish
- Ilmiy maqolalar, monografiyalar va o’quv qo’llanmalarini nashr ettirish
2. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish:
- Elektron resurslar va ma’lumotlar bazalarini yanada boyitish va kengaytirish
- Raqamli ta’lim platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish
- Xalqaro ilmiy bazalarga (Scopus, Web of Science, PubMed) kirish imkoniyatlarini kengaytirish
3. Ilmiy hamkorlikni rivojlantirish:
- Yetakchi xorijiy va mahalliy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni mustahkamlash
- Ilmiy konferensiyalar, seminarlar va trening dasturlarini tashkil etish
- Professor-o’qituvchilar malakasini xalqaro standartlar asosida oshirish
- Talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va ularning ilmiy faolligini rag’batlantirish
Kafedraning ilmiy saloxiyati: 54 %
Tib. Fanlar doktori 1
Tib. Fanlar nomzodi 5
Tadqiqotchi-izlanuvchilar: Kafedrada 3 nafar mustaqil izlanuvchi, 3 nafar tayanch doktorantlar faoliyat yuritmoqda.
2025 yilda chop etilgan ilmiy ishlar:
2025 yilda kafedra 2 ta Monografiya, 25 ta maqola chop etdi, shulardan 3 tasi Scopus jurnallarida, xorijiy jurnallarida maqolalar 11 ta, Oliy attestatsiya komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi jurnallarida maqolalar – 11 ta. Hisobot davrida 2 ta darslik 2 ta o’quv qo’llanma, 5 ta DGU tayyorlandi. 1 ta ITI natijalarini amaliyotga tadbiq qilingi.
Kafedra xodimlarini 2024-2025yilda konferensiya va kongress katnashuvi.
1.Abdullayeva Umida Umidovna – Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti 2025-yil 13-14 noyabr kunlari Andijon shaxrida boʻlib oʻtgan Tibbiyot simulyatsion ta’lim boʻyicha “Tibiyotda simulyatsion ta’limi tajriba rivojlanish innovatsiyalar” xalqaro konferentsiyasiga ishtirok etidilar.
2. Gulyamov Surat Saidvaliyevich va Abdullayeva Umida Umidovna 2025-yil 20-sentabrda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan «Universitetning 100 yillik tavalludi tadbiri» munosabati bilan ishtirok etdilar.
3. Abdullayeva Umida Umidovna – Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiya kafedrasi dotsenti, 2025-yil 8-11-oktabrda Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kitob, o‘qish va axborot jamiyatida xotira institutlari” xalqaro konferensiyada ishtirok etish hamda Qirg‘izistonning, Bishkek shahri Qirg‘iz-Rossiya Slavyan universitetida ma’ruza o‘qish uchun bordilar.
4. Abdullayeva Umida Umidovna – Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiyasi kafedrasi dotsenti 2025-yil 27-29-noyabrda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan “Инновационные обучащие технологии в медицине-2025” da qatnashdilar.
5. Gulyamov Surat Saydvaliyevich 2025-yil 13-15-oktyabrda Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tibbiyotda Simulatsion ta’lim XIV-syezdi” xalqaro konferensiyada qatnashdilar.