Bosh sahifa

Simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiya kafedrasi

Kafedra mudiri: t.f.d., professor Gulyamov Sur’at Saydivaliyevich

Kafedra xodimlari: dotsent Mahkamova F.T., dotsent Yakubova F.X., dotsent Abdullayeva U.U., dotsent Karimov B.B., assistentlar: Shukurova G.R., Xatamova O’.X., Saidmurodova N.S., Jabborov A.U., Shoraxmedov Sh.Sh., Rasulov A.A., Ergashova M.Sh., Xudoyberdiyev A.A., laborant Saidvaliyev S.S.

Kafedra doktorantlari:

1. Saidmurodova N.S. – Tanglay va lab tug`ma kemtigi bor bolalarda kompleks davolash va reabilitatsiyani takomillashtirish.

2. Jabborov A.U. – Bolalarda kariesning remineralizatsiya terapiyasini zamonaviy profilaktik vositalarni taqqoslash asosida optimallashtirish.

3. Ergashova M.Sh. – Postmenopauzal osteoporozning ichak va qin mikrobiotasi buzilishlari bilan bog‘liqligini o’rganish.

Kafedradagi mustaqil izlanuvchilar:

1. Xatamova O’.X. – Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda stomatologik yordamni optimallashtirish.

2. Xudoyberdiyev A.A. – Simulyatsion ta’lim sharoitida tibbiyot talabalari kompetensiyalarini baholashning innovatsion yondashuvlari: integratsiyalashgan test tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Kafedraning ilmiy salmog’i – 54 %

Kafedraning klinik bazasi

Kafedra faoliyati doirasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda klinik ordinatorlarning amaliy mashg‘ulotlari zamonaviy tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladigan klinik baza negizida tashkil etiladi.

Hozirgi kunda kafedraning yagona klinik bazasi sifatida 12-son oilaviy poliklinika belgilangan bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Klinik baza ambulator-poliklinik yordam ko‘rsatish, profilaktika tadbirlarini amalga oshirish hamda aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarida talaba va klinik ordinatorlarning bevosita ishtirokini ta’minlaydi.

Kafedra ishlarining asosiy yo‘nalishlari

O‘quv ishlari

Kafedra simulyatsion ta’lim, klinik modellashtirish, stomatologiya va bolalar stomatologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etadi. Kafedrada 4-, 5- va 6-kurs talabalari, shuningdek, xalqaro fakultetning 2- va 3-kurs talabalari nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan o‘tadilar.

O‘quv jarayoni zamonaviy simulyatsion texnologiyalar, klinik modellar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan interfaol ta’lim usullari asosida olib boriladi. Talabalarda klinik fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish va kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy Majlis qarorlari asosida olib boriladi. Ushbu faoliyat yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va mas’uliyatli mutaxassislarni tarbiyalashga qaratilgan.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy tibbiyot va stomatologiya sohasining dolzarb muammolarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • Bolalarda kariesning remineralizatsiya terapiyasini zamonaviy profilaktik vositalarni taqqoslash asosida optimallashtirish;
  • Postmenopauzal osteoporozning ichak va qin mikrobiotasi buzilishlari bilan bog‘liqligini o‘rganish;
  • Tanglay va lab tug‘ma kemtigi bo‘lgan bolalarda kompleks davolash va reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirish;
  • Surunkali buyrak kasalligi bo‘lgan bolalarda stomatologik yordamni optimallashtirish;
  • Simulyatsion ta’lim sharoitida tibbiyot talabalari kompetensiyalarini baholashning innovatsion yondashuvlari: integratsiyalashgan test tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Ilmiy tadqiqotlar natijalari ilmiy maqolalar, uslubiy qo‘llanmalar va amaliy tavsiyalar ko‘rinishida joriy etilmoqda.

Davolash ishlari

Davolash ishlari kafedraning klinik bazasida, shuningdek, kafedraning o‘zida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bolalar va kattalarga malakali stomatologik yordam ko‘rsatiladi, diagnostika, davolash va profilaktika tadbirlari amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, davolash jarayonlarida talabalar va klinik ordinatorlar tajribali mutaxassislar rahbarligida bevosita ishtirok etib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.