{"id":9,"date":"2026-01-12T04:22:21","date_gmt":"2026-01-12T04:22:21","guid":{"rendered":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/?page_id=9"},"modified":"2026-01-12T04:22:22","modified_gmt":"2026-01-12T04:22:22","slug":"kafedra-tarixi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/kafedra-tarixi\/","title":{"rendered":"Kafedra tarixi"},"content":{"rendered":"\n<p>O\u2019rta Osiyo mintaqasi doirasida Respublikamiz poytaxtida, Toshkent medistina instituti qoshida, ilk bora mashhur xirurg&nbsp;<strong>Karim Xojievich Tagirov<\/strong>&nbsp;tomonidan<strong>&nbsp;1947 yilda tashkil etilgan<\/strong>&nbsp;bolalar xirurgiyasi kafedrasi tashkil qilinishi bilan bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image\"><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/tashpmi.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/01\/12.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-7257\"\/><figcaption class=\"wp-element-caption\"><em>Professor Karim Xojievich Tagirov<\/em><\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p>1972 yili O\u2019rta&nbsp;<strong><em>Osiyo pediatriya medistina institutini (hozirgi ToshPMI)<\/em><\/strong>&nbsp;tashkil qilinishi bois, ushbu institut talabalari uchun bolalar jarrohligi fanidan saboq beruvchi ilm maskani sifatida faoliyat ko\u2019rsata boshlagan. O\u2019zbekiston, Qozog\u2019iston va O\u2019rta Osiyoning boshqa respublikalaridan kelib ushbu institutda ta\u2019lim olayotgan talabalar sonining o\u2019sib borishi sababli teng mavqega ega bo\u2019lgan 1 va 2 pediatriya fakultetlarining tashkil qilinishi bolalar xirurgiyasi kafedrasini 1979 yilda ikki kafedraga ajratilishini taqoza etgan edi. Ushbu yilda Toshkent shaxrining Yunusobod tumanida qurib bitirilgan va o\u2019z faoliyatini boshlagan shahar ko\u2019p tarmoqli bolalar klinik kasalxonasi tarkibida maxsus bolalar xirurgiyasi (urologiya, travmatologiya, torakal xirurgiya, chaqaloqlar xirurgiyasi, shoshilinch va yiringli septik xirurgiya), shuningdek anesteziologiya va reanimatologiya bo\u2019limlarining mavjudligi 2-pediatriya fakulteti talabalarining saboq olishlari uchun mo\u2019ljallangan 2-bolalar jarrohligi kafedrasini klinik bazasi sifatida faoliyat ko\u2019rsata boshladi.<\/p>\n\n\n\n<p>Yangi tashkil qilingan kafedraga professor&nbsp;<strong><em>Karim Xojievich Tagirovning<\/em><\/strong>&nbsp;safdoshi va shogirdlaridan biri professor Erkli Maxmudovich Xodiev mudir etib tayinlandi. Mazkur kafedraga Karim Xojievich Tagirov maktabida etuk bolalar xirurglari bo\u2019lib shakllangan xodimlar: dostentlardan \u2013 Yu.B.Ulliev, E.K.Tagirov, assistentlar: tibbiyot fanlari nomzodlari \u2013 E.N.Xegay, V.P.Ten, A.F.Shamsiev, R.A.Alimjanov, B.M.Mirzakarimovlar o\u2019quv va davolash ishlarini olib bora boshladilar va bolalar xirurgiyasining turli sohalari bo\u2019yicha o\u2019zlarining ilmiy pedagogik faoliyatlarini davom ettirdilar. Yillar mobaynida kafedra tarkibi yosh mutaxasislar hisobiga kengaya bordi. E.M.Xodiev kafedra mudiri sifatida 1979-1991 yillarda samarali mehnat qildi. U Sobiq ittifokda nufuzli hisoblangan A.V.Vishnevskiy nomidagi xirurgiya institutida, ko\u2019p qirrali, dunyoga mashxur xirurg A.A. Vishnevskiy maktabida nomzodlik va doktorlik dissertastiyalarini himoya qilish bilan birga xirurgiyaning nozik, amaliy tomonlarini chuqur egallagan olimdir. Respublika miqyosida bolalar torakal xirurgiyasining tashkil qilinishi va bugungi kundagi ravnaqi ko\u2019p tomonlama ushbu olimning ulug\u2019 mehnatlarining mahsuli ekanligini tan olish joizdir. Bolalar yurak tug\u2019ma nuqsonlari va ko\u2019krak qafasining tug\u2019ma va orttirilgan kasalliklarida bolalarda o\u2019tkazilgan o\u2019pkaning rezekstiyasi operastiyalari E.M.Xodievning faoliyati bilan bog\u2019liqdir.<\/p>\n\n\n\n<p>Ustozning ko\u2019p yillik mehnatlarining mahsuli sifatida uning shogirdi V.P.Ten tomonidan bolalarda destruktiv zotiljamning diagnostikasi va davolash muammolariga bag\u2019ishlangan doktorlik dissertastiyasining 1993 yilda himoya qilinishini keltirish mumkin. Olimning bolalar xirurgiyasi sohasiga qo\u2019shgan samarali xizmatlari qatoriga uning yosh mutaxasislarni tanlash va tarbiyalashdagi bag\u2019ri kengligi va sobiq ittifoq davrida faoliyat ko\u2019rsatgan yirik ilmiy markazlarda yoshlarni o\u2019z kasbiy va ilmiy darajalarini oshirishlari uchun yaratgan sharoit va imkoniyatlarni ham kiritish zarur. 1979-1983 yillarda kafedra klinik ordinatorlaridan N.Sh.Ergashev va D.S.Akmollaevlarning Leningrad pediatriya medistina institutiga jo\u2019natilishi, N.T.Toirov va A.J.Xamraevlarni sobiq ittifoq medistina fanlar akademiyasiga qarashli Moskvadagi Pediatriya institutiga jo\u2019natilishi ushbu zahmatkash yoshlarning bolalar jarrohligining eng murakkab sohalarini, ayniqsa, chaqaloqlar xirurgiyasi sirlarini chuqur egallashga imkon yaratdi va ular tomonidan nomzodlik dissertastiyalarini himoya qilinishi bilan yakunlandi.<\/p>\n\n\n\n<p>Usha paytda Respublika miqyosida oqsoqlanib kelayotgan neonatal xirurgiyada ijobiy natijalarga erishila boshlandi. Tug\u2019ma ichak tutilishi, qizilo\u2019ngach atreziyasi, diafragma churralari va anorektal nuqsonlarga chalingan chaqaloqlar o\u2019rtasida murakkab operastiyalarni muvaffaqiyatli bajarishga erishildi. 1982-1992 yillarda kafedra xodimlaridan N.Sh.Ergashev, D.S.Akmollaevlar doktorlik dissertastiyalarini, A.J.Hamroev, N.T.Toirov nomzodlik dissertastiyalarini himoya qilishdi. Shuni ta\u2019kidlash joizki turli yillarda kafedrada faoliyat ko\u2019rsatgan va dissertastiya himoyalarini amalga oshirgan xodimlar hozirgi kunda nafaqat Respublikamiz miqyosida balki xorijda ilmiy-pedagogik ishlarini olib bormoqdalar: Akmollaev D.S. \u2013 Simferopol medistina instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining professori, Ten V.P. \u2013 Moskva shahridagi ilmiy tekshirish institutining katta ilmiy xodimi, Utegenov N.U. ToshPMI Nukus filiali bolalar xirurgiyasi kafedrasining mudiri lavozimlarida o\u2019z faoliyatlarini davom ettirib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedrada turli yillarda ish olib borgan xodimlardan tibbiyot fanlari doktori Yarashev T.Ya, tibbiyot fanlari nomzodlari Saidmurodov A.M va Karimov U.Sh., Abdunabieva D.A.lar bugungi kunda Respublikamiz kasalxonalarida yoki xorijda o\u2019z amaliy faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. 1991-1992 o\u2019quv yilidan boshlab kafedrani o\u2019z faoliyatini ushbu maskanda katta laborantlikdan boshlab, assistent, katta ilmiy xodim va professor lavozimlarida ish olib borgan Nasriddin Shamsiddinovich Ergashev boshqarib kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2019z ustozi Leningrad bolalar xirurgiyasi maktabining asoschisi, ko\u2019p qirrali mashxur xirurg akademik Girey Alievich Bairovning an\u2019analariga sodiq shogird sifatida bolalar xirurgiyasining turli sohalarida faol faoliyat ko\u2019rsatib kelmoqda. U 1990-2005 yillarda Respublika Sog\u2019liqni Saqlash Vazirligida bosh bolalar xirurgi vazifasida faol amaliy va tashkiliy ishlarni olib bordi. Ushbu lavozim 2006-2009 yillarda kafedra professori A.J.Hamroev tomonidan davom ettirildi. Kafedra dostenti N.T.Toirov 1995-2000 yillarda fakultet dekaning muovini, 2001-2009 yillarda esa tibbiy pedagogika fakultetining dekani sifatida talabalar qalbida mehribon ustoz siymosida uzoq muhrlanib qolishiga shak-shubha yo\u2019qdir. Professor Ergashev N.Sh rahbarligi ostida kafedra dostenti B.B.Ergashev tomonidan doktorlik dissertastiyasini, shuningdek, ilmiy izlanishdagi xodimlar: Saidmurodov A.M., Nazarov N.N., Karimov U.Sh., Xaybulina Z.A., N.A. Diyorovlar nomzodlik dissertastiyalarini himoya qildilar. Ilmiy ishlarning natijalari amaliyotga keng tadbiq etib kelinmokda va ijobiy natijalarga erishilib, ko\u2019plab bemorlarning tuzalishi va safga qaytishlari bunga yaqqol misol bo\u2019la oladi. Hozirgi kunda kafedra xodimlari Toshkent shahridagi 2-bolalar xirurgik klinik kasalxonasi, Respublika Perinatal markazining neonatal xirurgiya bo\u2019limi va 1-shaxar klinik kasalxonasining xirurgiya bo\u2019limlarida Toshkent shaxri va Respublika miqyosida bolalarga yuqori saviyada maxsus xirurgik yordamni tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.<\/p>\n\n\n\n<p>Ayni paytda ular bolalar gastroenterologiyasi, proktologiyasi, gepatobiliar xirurgiyasi, torakal xirurgiyasi va neonatal xirurgiya bo\u2019yicha soha mutaxasislari o\u2019rtasida Respublikada etakchi o\u2019rinlarda turadilar. Kafedra tashkil etilgan davrdan boshlab uning tarkibida shahar onkologiya dispanserining bolalar onkologiyasi bo\u2019limi koshida onkologiya kursi faoliyat ko\u2019rsata boshladi, unga dostent T.A.Ligay kurs mudiri, M.A.Mun assistent lavozimida o\u2019quv va davolosh ishlarini olib borishdi. Mazkur kursga 2010 o\u2019quv yilidan boshlab tibbiyot fanlari doktori G.A. Hakimov rahbarlik qila boshladi. Hozirgi kunda kafedra xodimlari \u00abErta yoshdagi bolalarda a\u2019zo va sistemalarning rivojlanish nuqsonlarining diagnostikasi va davolash\u00bb ilmiy yo\u2019nalishida izlanishlar olib bormokda. Ilmiy izlanishlar negizida bolalar xirurgiyasining dolzarb muammolari, va zamonaviy diagnostika va davolash usullarini amaliyotga tadbiq qilishga qaratilgan bo\u2019lib, bu borada xirurgik neonatologiya, bolalar koloproktologiyasi va gepatobiliar xirurgiya bo\u2019yicha olib borilayotgan ishlar nafaqat ilmiy yangiligi, shuningdek amaliy ahamiyati bilan ham ajralib turadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Kafedra xodimlari 2000\u20132002 yillar mobaynida davlat grant loyihasida \u00abBolalarda qorin bo\u2019shlig\u2019i va qorin parda orti a\u2019zolarining tug\u2019ma nuqsonlari va xirurgik kasalliklari\u00bb mavzusi bilan ishtirok etib olingan natijalar asosida kafedra xodimi B.B.Ergashev tomonidan \u00abYangi tug\u2019ilgan chaqaloq va ko\u2019krak yoshidagi bolalarda buyrak tug\u2019ma rivojlanish nuqsonlarining diagnostikasi va davolash taktikasi\u00bb mavzusida doktorlik dissertastiyasi himoya qilinishi bilan yakunlandi. Ko\u2019p yillik mexnat va izlanishlarning samarali yakuni sifatida kafedra xodimlari o\u2019z ilmiy va amaliy imkoniyatlarini Respublikamizda istiqomat qilayotgan yosh avlodni tarbiyalash va sog\u2019lomlashtirish kabi ma\u2019sul ishni muvaffaqiyat bilan bajarib kelimoqdalar. Turli tug\u2019ma nuqson va murakkab xirurgik kasalliklarga chalingan bolalarga Respublika hududida davolashni yo\u2019lga qo\u2019yilishi va bunday bemorlarning davolanish uchun xorijiy mamlakatlarga jo\u2019natish zaruriyatini keskin kamaytirilishi mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarning debochasi deb baholanishi mumkin. Shuni ma\u2019muniyat bilan e\u2019tirof etish mumkinki hozirgi kunda kafedra xodimlari tomonidan ilg\u2019or xorijiy mamlakatlarda bolalarda o\u2019tkazilayotgan murakkab operastiyalarning deyarli ko\u2019pchiligi klinika sharoitida bajarib kelinmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019rta Osiyo mintaqasi doirasida Respublikamiz poytaxtida, Toshkent medistina instituti qoshida, ilk bora mashhur xirurg&nbsp;Karim Xojievich Tagirov&nbsp;tomonidan&nbsp;1947 yilda tashkil etilgan&nbsp;bolalar xirurgiyasi kafedrasi tashkil qilinishi bilan bog\u2019liqdir. 1972 yili O\u2019rta&nbsp;Osiyo pediatriya medistina institutini (hozirgi ToshPMI)&nbsp;tashkil qilinishi bois, ushbu institut talabalari uchun bolalar <a href=\"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/kafedra-tarixi\/\" class=\"read-more\">Read More &#8230;<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-9","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/9","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/9\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10,"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/9\/revisions\/10"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/pcsites.tashmed.uz\/ped-surgery-urology-anesth\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}