IJTIMOIY FANLAR, PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
FALSAFA KAFEDRASI
Falsafa kafedrasi 1972 yilda o’z faoliatini boshladi. Keyinchalik uning negizida «falsafa», «siyosiy iqtisod», «ilmiy kommunizm» va «KPSS tarixi» kafedralari alohida tashkil etildi. 1993 yil «falsafa», «O’ zbekiston tarixi» va «Oqtisodiet nazariyasi» kafedralari o‘zaro birlashtirildi. 2004 yil yil ToshPTI ilmiy Kengashining qarori bilan alohida’falsafa ‘ kafedrasi toshkil etildi’. Falsafa kafedrasiga 1972-1978 yillardada dotsent N. E. Eshmetov., 1978-1986 yillar professor O. E. Ergashev., 1986-1990 yillar dotsent E. Y. Yunusov, 1990-1993 yillar professor M. N. Abdullayeva, 1993-2007 yillar professor X. F. Haydarov, 2007-2008 yillar dotsent N. E. Muhammadiyev va 2008-2021 yillar professor X. F. Haydarov rahbarlik qulib keldi.
FALSAFA KAFEDRASINING MUDIRLARI VA PROFESSORLARI
Eshmetov Narimon Eshmetovich

1937 yilda tug’ilgan, o’zbek, 1961 yilda O’rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakul’tetini tugatgan. 1961-1962 yillar ToshDU “Falsafa” kafedrasi o’qituvchisi, 1962-1963 yillar O’zFA Falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi, 1963-1966 yillar Moskva shahrida Falsafa va huquq instituti aspiranti, 1966-1970 yillar O’zFA Falsafa va huquq instituti katta ilmiy xodimi, 1970-1972 yillar Toshkent oliy partiya maktabi dotsenti, 1978-1990 yillar Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika rahbar xodimlar malakasini oshirish instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi mudiri, 1990 yildan Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, kafedra professori lavozimlarida ishlagan. N.Eshmetov 2 ta monografiya, 15 ta uslubiy qo’llanma, 60dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Ergashev Otaqul Ergashevich

1936 yilda tug’ilgan, o’zbek, faylasuf, falsafa fanlari doktori, professor. 1959 yilda ToshDUni tugatgan. 1959-1978 yillar ToshDU falsafa kafedrasida o’qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1978-1986 yillar ToshPTI “Falsafa” kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. Professor O.E.Ergashev 1967 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 90 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 7 nafar fan nomzodlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.
Yunusov Erkin Yusupovich

1940 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 1962 yilda ToshDUni tugatgan. 1962-1969 yillar Teleradio qo’mitasida muxbir, bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan. 1982-1986 yillar Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Falsafa” kafedrasi mudiri, 1986-1990 yillar ToshPTI “Falsafa kafedrasi mudiri, 1990-1997 yillar kafedra dotsenti bo’lib ishlagan. Dotsent E.Yunusov 40dan ortiq ilmiy maqola va 4ta o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.
Abdullayeva Maxbuba Nurillayevna

1938 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari doktori, professor. 1960 yilda SamDUni tugatgan. 1962-1990 yillarda O’zFA Ibrohim Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1966 yilda nomzodlik, 1984 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-1993 yillarda ToshPTI “Falsafa” kafedrasi mudiri, 1993 yildan hozirgi vaqtga qadar professor M.N.Abdullayeva O’zFA Ibrohim Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq institutida bo’lim boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda. Professor M.Abdullayeva 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 5 nafar fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.
Muhammadiyev Nurmat Ergashevich

1953 yilda tug’ilgan, o’zbek, faylasuf, falsafa fanlari nomzodi, professor. 1979 yilda ToshDU Falsafa fakul’tetini tugatgan. 1979-1981 yillar SamDU Falsafa kafedrasi o’qituvchisi, 1981-1988 yillar harbiy xizmatda, 1988-2007 yillar Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Kasb etikasi” kafedrasi dotsenti, mudiri, o’quv ishlari va ilmiy bo’lim boshlig’i, 2007-2008 yillar ToshPTI “Falsafa” kafedrasiga mudirlik qilgan. 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 5 ta darslik, 5 ta monografiya, 6 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2020 yildan kafedra professori lavozimmida faoliyat yuritmoqdalar.
Haydarov Xurram Farmonovich

1956 yilda tug’ilgan, o’zbek, faylasuf, falsafa fanlari doktori. 1979 yilda ToshDU Falsafa fakul’tetini tugatgan. 1979 yildan ToshPTI Falsafa kafedrasida o’z faoliyatini boshlab, 1979-1993 yillar o’qituvchi, katta o’qituvchi, dotsenti va 1993-2003 yillar kafedra mudiri, 2003-2006 yillar ToshPTI ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori, 2006-2008 yillar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari, 2008-2021 yillar ToshPTI “Falsafa” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1988 yilda nomzodlik, 2003 yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. H.Haydarov 4 ta monografiya, 2 ta o’quv qo’llanma, 23 ta o’quv-uslubiy qo’llanma hamda 100 dan ortiq maqola va tezislar muallifi.
Kafedra tarkibi. 2012 yil

O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilishining birinchi kunidanoq kafedra “Tarix” kafedrasi nomi bilan boshqa kafedralar singari faoliyatini boshlagan. Dastlab “Tarix” kafedrasi “Siyosiy iqtisod” kafedrasi bilan birlashib, 1976 yildan mustaqil faoliyat ko’rsatib keldi.
“Tarix” kafedrasiga 1972-1978 yillar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati dotsent Jamil Qahharovich Salomov, 1978-1980 yillar dotsent Oqil Ubaydullayevich Ubaydullayev, 1980-1985 yilgacha dotsent M.S.Nasimova mudir lavozimida faoliyat yuritgan. Mazkur kafedra “Siyosiy iqtisod”, “Falsafa” kafedralari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatdi.
Tarixi kafedrasi jamoasi 1979 – 1980 yillar

Kafedra mudiri dotsent, O.U.Ubaydullayev rahbarligidagi kafedra majlisi. 1979-1980 yillar
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 1998 yil 2 sentyabrdagi 241-son buyrug’i hamda ToshPTI rektorining 1999 yil 2 iyundagi 102-son buyrug’iga binoan “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etildi. 2019 yil sentyabr’ oyidan boshlab ushbu kafedra tarkibiga “Pedagogika va psixologiya” kursi kiritilib, 2020-2021 o’quv yilida Fuqarolik jamiyati, pedagogika va psixologiya kafedrasi deb qayta nomlangan.
Kafedraga dastlab, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ergashev Eshqul Eshimovich rahbarlik qildi. 1999 yildan 2021 yil sentyabrgacha kafedra mudiri lavozimida falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muborak Axmedovna Axmedova ishlab keldi.
KAFEDRA MUDIRLARI VA PROFESSORLARI
Salomov Jamil Qahhorovich

1927 yilda tug’ilgan, o’zbek, tarix fanlari nomzodi, dotsent, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati. 1972-1978 yillarda “Tarix va politologiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Uning rahbarligida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq ilmiy maqola va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.
Ubaydullayev Oqil Ubaydullayevich

1933 yilda tug’ilgan, o’zbek, tarix fanlari nomzodi, dotsent, 1979-1980 yillar “Tarix” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. Kafedrada rahbarlik jarayonida o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishda sog’lom muhitni yaratgan. Uning rahbarligida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta monografiya, 10 dan ortiq ilmiy maqola va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.
Nasimova Muxtabar Sodiqovna

1933 yilda tug’ilgan, o’zbek, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1980-1985 yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishlagan. “Respublikada oliy tibbiy ta’limni tashkil etish va rivojlantirishda partiyaning 1920-1956 yillardagi faoliyati” mavzusida monografiya chop ettirgan. 15 dan ortiq ilmiy, o’quv-uslubiy maqolalar muallifi.
Rahimov Erkin Vasikovich

1977-1983 yilgacha kafedra mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, o’zbek, O’zbekiston Sog’liqni saqlash tizimini iqtisodiy rejalashtirishdagi xizmatlari uchun Sog’liqni saqlash a’lochisi ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. SHu bilan birgalikda institut hayoti va kafedra faoliyatini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shgan.
Shakarov Berkin Shakarovich

1937 yilda tug’ilgan, o’zbek, tarix fanlari doktori. 1991 yilda “Xalq xo’jaligi va iqtisodiyotini rivojlantirishda partiyaning roli” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qilgan. 1988-1991 yillarda “Siyosiy tarix va iqtisod” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 10 dan ortiq ilmiy va o’quv-uslubiy ishlar muallifi.
Norboyev To’ra Norboyevich

1945 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari nomzodi, dotsent, 1982-1997 yilning avgustiga qadar “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti va mudiri lavozimida ishlagan. Ushbu yillar davomida 20 dan ortiq o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma va mustaqillikning ijtimoiy-falsafiy ma’naviy, tibbiyotning falsafiy masalalariga bag’ishlangan 50 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan
Sultonova Ma’mura Azizovna

1946 yilda tug’ilgan, o’zbek. 1983-1990 yilgacha “Siyosiy iqtisod” kafedrasi mudiri vazifasida ishlagan. 25 dan ortiq ilmiy, metodik qo’llanmalar, maqola va monografiyalar muallifi. 1980, 1982, 1988-yillarda “Siyosiy iqtisod” fani bo’yicha metodik qo’llanmalar chiqargan. Uning rahbarlik davrida kafedrada 3 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan
Ergashev Eshqul Eshimovich

1956 yilda tug’ilgan, o’zbek, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 1982 yildan institutda ish boshlagan. 1995 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 10 dan ortiq ilmiy, o’quv-uslubiy maqolalar muallifi. Uning rahbarligida 20 ga yaqin ilmiy, o’quv-uslubiy maqolalar chop etilgan
Axmedova Muborak Axmedovna

1957 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 1979 yildan katta laborant, o’qituvchi, katta o’qituvchi, dotsent, 1999-2021 yillarda kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1994 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma va ilmiy maqolalar muallifi.
Kafedra jamoasi, 2012 yil

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
Toshkent pediatriya tibbiyot institutida 1999 yil 2-sentyabrdagi 255-raqamli “Oliy ta’lim tizimida namunaviy o’quv rejalardagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokini o’quv jarayoniga tatbiq etish” to’g’risidagi bo’yruq asosida “Psixologiya, psixoterapiya va pedagogika” kafedrasi tashkil etilib, kafedra mudiri V.P.Isxakov tayinlandi. Ushbu kafedra tarkibida Pedagogika va psixologiya kurs sifatida faoliyat olib bordi. Dastlab 1999-2003 yillarda kursga Shoyimova Sh.S, 2003-2008 yillarda Axmedova D.A, 2008-2011 yillarda Akramova L.Y., 2011-2016 yillarda Usta-Azizova D.A., 2016-2021 yilgacha Shoyimova Sh.S. mas’ullik qilib keldi.
Kafedraning dastlabki tarkibi
Dotsent – t.f.n. V.P.Isxakov, o’qituvchilar: Shoyimova Sh.S., Mirzayeva N.A., Mirzayeva SH.R., D.A.Axmedova, K.SH.Turdiyeva, N.A.Atabekova, Z.X.Sodiqova.

Kafedra xodimlari, 2012 yil
KAFEDRA MUDIRLARI VA PROFESSORLAR
Vyacheslav Pinxasovich Isxakov

V.P.Isxakov Farg’ona shahrida tug’ilgan. U 1970 yil Andijon Davlat tibbiyot institutini bitirgan. 1972 yilda Psixiatriya yo’nalishi bo’yicha 2 yillik klinik ordinaturani bitirgan. SHu kafedrada 1988 yilgacha assistent, dotsent hamda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 1976 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan. SHu davr ichida 80 ga yaqin ilmiy ishlari chop etilgan. 1999-2002 yilgacha Toshkent pediatriya tibbiyot institutida “Tibbiyot psixologiyasi, psixogigiyena, psixoterapiya va pedagogika” kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan. Tibbiyot psixologiyasi, psixogigiyena, psixoprofilaktika va psixoterapiya fanidan (2002) tibbiyot oliy o’quv yurtlari uchun namunaviy o’quv dastturi muallifi hisoblanadi
Ahmedova Dilbar Abidovna

1954 yilda tug’ilgan. 1971 yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. 2002-2004 yillarda Pedagogika va psixologiya kursining mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi vaqtga qadar uning muallifligida 2ta darslik, 10dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma, 30ta tezis va 10ta maqola chop etilgan.
Akramova Lola Yunusovna

1960 yilda tug’ilgan. 1984 yilda Toshkent Davlat Universitetini tugatgan. 1997-2003 yillarda Xorijiy tillar kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan. 2008-2010 yillarda Pedagogika va psixologiya kursiga mudirlik qilgan. 2001 yilda Akramova L.Y. pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’ldi. U 1 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, 130 ta maqola va tezislar muallifi. 2008 yilda dotsent unvoniga sazovor bo’ldi.
Usta-Azizova Dilnoza Axrorovna

1969 yil tug’ilgan, o’zbek, p.f.n., 1991 yilda Toshkent avtomobil’ yo’llari institutini bitirgan. 2001-2005 yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi dekani, 2003 yildan “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida ishlab, 2011 yildan 2016 yilgacha kursga mas’ullik qildi. Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi dekani va ToshPTI qoshidagi “Mehr-muruvvat” klubi raisi lavozimlarida faoliyat ko’rsatib keldi. Hozirda kafedra dotsentligi bilan birga xotin-qizlar masalalari bo’yicha institut rektorining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda, 3 ta uslubiy qo’llanma, 2 ta darslik va 100 dan ortiq maqola hamda tezislar muallifi.
Bugungi kunda kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar:

Shoyimova Shohista Sanaqulovna – kafedra mudiri, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor
Kafedra professorlari:
Muhammadiyev Nurmat Ergashevich – Falsafa fanlari nomzodi, professor
Kafedra dotsentlari:
Usta-Azizova Dilnoza Ahrorovna – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Axmedova Muborak Axmedovna – falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Xudayberdiyev Asomiddin Kurbonkulovich – falsafa fanlari bo’yicha PhD, dotsent
Gafurova Nodira Mirxasilovna – pedagogika fanlari bo’yicha PhD
Mirzayeva Shahlo Ro’zmat qizi – psixologiya fanlari bo’yicha PhD dotsent
Kuyliyev Bobur Tulkinovich – falsafa fanlari bo’yicha PhD dotsent
Kafedra katta o’qituvchilari:
Mirzayeva Nargiza Asrorovna
Xaytmatova Gulnoza Amanullayevna
Tagayev Mamarazzoq Abdiyevich
Jumanova Gavhar Imomovna
Jabborova Yulduz Jumaniyozovna
Alimova Muhiba Muzaffarovna
Saydazimov Kamol To’lqunovich – falsafa fanlari bo’yicha PhD
Muratova Nozima Xabibullayevna- psixologiya fanlari bo’yicha PhD.
Kafedra assistent o’qituvchilari:
Sagatova Ziyoda Baxtiyarovna
Kafedraning ilmiy yo’nalishi: “Tibbiyot OTMlarida ijtimoiy-gumanitar fanlarini o’qitishning nazariy-amaliy muammolari”
Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri Shoyimova Shoxista Sanakulovna

Shoyimova Shoxista Sanakulovna 1975 yilda tug’ilgan, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor. 1997 yil M.Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. U mehnat faoliyatini 1997 yildan ToshPTI O’zbekiston tarixi va falsafa kafedrasida o’quv-uslubiy xona mudirasi lavozimida boshlab, 1998-2003 yilgacha o’qituvchi, 2003-2012 yilgacha katta o’qituvchi, 2012-2021 yilgacha kafedra dotsenti, shuningdek, 1999-2003 hamda 2016-2021 yillarda Pedagogika va psixologiya kursiga mas’ul, 2021 yildan boshlab Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.