Ma`naviyat va marifat ishlari

Murojaatnomada yoshlar siyosati: kelajak sari qadam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgani mamlakatimiz kelajagi yosh avlod bilan chambarchas bog‘liq ekanining yorqin ifodasidir. Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka jalb etilishi va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Murojaatnomada yoshlar masalasiga berilgan yuksak e’tibor menda katta ishonch va iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.