Kafedra tarixi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus Dermatovenerologiya, bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi 1972-yil 20-avgustda O’rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti qoshida tashkil etilgan.

Dastlab institutning teri va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklar kafedrasining asosiy klinik bazasi Toshkent shahrining Kuybishev tumanidagi (hozirgi Mirzo Ulug’bek tumani) 3-sonli teri-jinsiy yo’l bilan yuqadigan dispanserida joylashgan bo’lib, u 100 o’rinli edi. 1989 yildan to hozirgi kungacha kafedraning asosiy klinik bazasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Bolalar ko’p tarmoqli klinikasidagi dermatologiya bo’limi hisoblanadi.

Kafedraning birinchi mudiri va asoschisi tibbiyot fanlari doktori, professor Sulaymonov Karim Sulaymonovich (1972-1989) bo’lgan. K. S. Sulaymonov O’zbekistonda birinchilardan bo’lib dermatovenerologiya sohasida tibbiyot fanlari doktori va professor unvoniga sazovor bo’ldi. U professor A. A. Akobyanning shogirdi bo’lgan. Professor K. S. Sulaymonov O’zbekistonda bolalar dermatovenerologiyasining asoschisi hisoblanadi.

1989-2009 yillarda kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Shadiyev Hakim Qayumovich boshqargan.

2009 yildan 2024-yilgacha kafedrani tibbiyot fanlari doktori, professor Mannanov Abdushukur Malikovich boshqaradi.

2024-yildan boshlab hozirgi kunga qadar tibbiyot fanlari doktori, professor Xaitov Qaxramon Najmitdinovich kafedrani boshqarib kelmoqda.

O’tgan vaqt mobaynida kafedra xodimlari:

  1. Sulaymonov K. S. – kafedra mudiri (1972-1989);
  2. Shahobiddinov T. T. – kafedra professori (1983-1999);
  3. Kim E. S.-dotsent (1974-2001);
  4. Ahmedov K. R.-kafedra dotsenti (1981-1997);
  5. Mukarramov M. A.-kafedra dotsenti (1981-2021);
  6. Brukson A. A.-kafedra assistenti (1972-1987);
  7. Yaroshetskaya N. A.-kafedra assistenti (1972-1990);
  8. Parfenova G. V.-kafedra assistenti (1972-1985);
  9. Chistyakova T. N.-kafedra assistenti (1981-2002);
  10. Sirazitdinova V. F.-kafedra assistenti (2003-2013);
  11. Yo’ldoshev K. K. kafedra assistenti (2010-2017 yillar).

Hozirgi vaqtda kafedra xodimlari: t.f.d., professor Xaitov Q.N., t.f.d., professor Mannanov A.M., t.f.d., professor Abdullayev M. I., t.f.d., professor Yuldashev M. A., t.f.d., dotsent Babajanov O. A., t.f.n., dotsent Abidov A. M., t.f.n., dotsent Rixsiyev U.Sh., t. f. n., dotsent Bababekova N. B., t. f. n., dotsent Xodjayeva S. M., t.f.f.d. (PhD), dotsent Abidov X.A., t.f.f.d. (PhD), assistent Mun A. V., t.f.f.d. (PhD), t.f.f.d. (PhD), assistent Nabiyeva D. D., t.f.f.d., assistent Adilgereyeva M.I., t.f.f.d., assistent Valiyev A.A., assistent Abdullayeva D.I., assistent Xan-Xodjayeva S.A., assistent Axrarov X.X., assistent Qurbonov O.J.

Kafedrada Pediatriya, tibbiy pedagogika va davolash fakultetlarining 3-4-kurs talabalari «Dermatovenerologiya»fanidan tahsil olishadi. Kafedra «O’zbekiston Respublikasi sharoitida bolalar o’rtasida epidemiologiya, patogenez, klinik yo’nalish, yangi davolash usullarini joriy etish, surunkali va tug’ma teri kasalliklarining oldini olish» kabi mustahkam ilmiy mavzular bilan shug’ullanadi.

Kafedra xodimlari o’zlarining ilmiy-amaliy, pedagogik faoliyatida Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy markazi, Eespublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi, Respublika perinatal markazi, Bolalar Milliy Tibbiyot Markazi, Shifokorlarning kasbiy malakasini oshirish markazining dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi, Rossiya federatsiyasi sog’liqni saqlash vazirligining Markaziy teri va venerologiya instituti, Yevropa dermatovenerologlari akademiyasi (EADV) bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.

Kafedra xodimlari bolalar dermatologiyasi bo’yicha uslubiy tavsiyalar va o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqdalar. 2025-yilda kafedra xodimlari tomonidan 1 ta darslik, 1 ta metodik tavsiyalar, 2 ta o’quv-metodik qo’llanma, 2 ta monografiya chop etilgan. 

So’nggi 10 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 1500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya chop etilgan va intellektual mulk agentligidan 8 ta kompyuter patenti olingan.

Bundan tashqari, kafedra xodimlari, talabgorlar xalqaro konferensiyalar, kongresslar va simpoziumlarda faol ishtirok etmoqda.