Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kafedra mudiri boshchiligida transplantologiya bo’limi ishga tushdi va xozirgi vaqtda o’z faoliyatini yurutmoqda. Kafedra mudiri P.K. Sultanov rahbarligida magistr va ordinatorlar barcha jarrohlik amaliyotlarida faol ishtirok etib, nafaqat umumiy xirurgiya, balki transplantologiya asoslarini ham o‘zlashtirmoqdalar.

Bundan tashqari, barcha boshqa klinik bazalarda ham kafedra xodimlari ushbu muassasalarning davolash jarayonida faol ishtirok etib, yetakchi vazifalarni bajarib kelmoqdalar. Masalan, hozirgi kunda Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasida professor Sh.A. Dadaev, dotsentlar va assistentlar tomonidan har kuni bemorlar ko‘rigш o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash joizki, aksariyat shoshilinch va rejali jarrohlik amaliyotlari aynan kafedra xodimlari tomonidan bajarilmoqda. Shu bilan birga, ushbu baza negizida magistrlar va klinik ordinatorlar xirurgiya asoslarini o‘rganmoqdalar.

