Xirurgik kasalliklari
Xirurgik kasalliklar kafedrasi 1972 yilda tashkil etilgan. Jarrohlik maktabi asoschisi va birinchi kafedra mudiri dotsent Axunjanov B.A. 1991-yildan 2025 yil iyun oyigacha xirurgik kasalliklar va XDX kafedrasi mudiri professor Dadayev Shirin Amanovich. 2025 yilning iyun oyidan t.f.d., dotsent Sultanov P.K. Xirurgik kasalliklar kafedrasi mudiri etib tayinkandi. Kafedra xodimlari: t.f.d professor Dadayev Sh.A. t.f.n., dotsent Abdumadjidov A.A., t.f.d., dotsent Yuldashev A.A., dotsent, t.f.n. Djumanov A.K., t.f.n. dotsent Raximov O.U., t.f.d., dotsent Yarashev T.YA., t.f.n., assistent Karimov M.M., dotsent, t.f.n. Xudaybergenov SH.A., t.f.n. assistent Sabirmatov A.A., t.f.n. assistent Axmedov A.I., t.f.n. assistent Isakov SH.SH., t.f.n. assistent Islambekov H.I., t.f.n. assistent Kim D.L., assistent Xasanov S.M., assistent Sapaev A.D., doktorant va o’rindosh assistent Abruev B.U., magistr va klinik ordinatorlar.
Tayanch doktorant: (PhD) Abruyev B.U.
Mustaqil izlanuvchi: (DSc) Raximov O.U.




Kafedra quyidagi bazalarda joylashgan: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 4-Shaxar klinik shifoxonasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali, Toshkent shahar o‘smirlar dispanseri davlat muassasi, Bektemir tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, M-Clinic ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, “HAPPY LIFE MEDICAL CENTRE” MChJ xususiy klinikasi. Kafedrada IV va VI kurs Pediatriya fakulteti talabalari “Xirurgik kasalliklar ” fanidan, V kurs Pediatriya fakulteti talabalari “Harbiy-dala xirurgiyasi” fanidan, VI kurs Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti talabalari “Xirurgik kasalliklar” fanlaridan ta`lim olishadi.