Kafedra tarixi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi 1972-yil 20-avgustda tashkil etilgan.

Kafedraning birinchi mudiri etib professor, tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi A.A. Qodirova saylangan. Kafedraning pedagogik jamoasi 10 nafar xodimdan iborat bo‘lib, ular dotsentlar Kogan I.S., Mamedova N.M., assistentlar — tibbiyot fanlari nomzodlari Xasandjanova R.M., Pankova E.N., Yusupova A.Z., Zaxidova D.V., G‘afurova M.G., Rizaeva G.T., Karapetova A.A. dan tashkil topgan. Professor A.A. Qodirova rahbarligida kafedrada faol ilmiy-amaliy ishlar olib borilib, 2 nafar tibbiyot fanlari doktori va 10 nafar tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlangan.

risunok1

1974 y dan 1981 yilgacha kafedra mudiri dostent Kogan I.S. bo’lgan

risunok2

1981 yildan 1987 yilgacha va 1992 yildan 1997 yilgacha kafedraga dotsent Zaxidova D.V. rahbarlik qilgan. Ushbu davr talabalar bilimini baholash tizimini test-reyting usuliga o‘tkazish bilan bog‘liq pedagogik faoliyatni qayta tashkil etish davri hisoblanadi.

risunok3

1987-1992 yillarda kafedra mudiri professor Xodjaeva R.X., Ularni raxbarligida unumli o’quv uslubiy va davolash ishlari olib borilgan.

risunok4

1997-2022 yillarda professor Qurbonov Jahangir Jamalovich bo’lgan. Taniqli jarroh Qurbonov Jahongir Jamalovich O’zbekistonda jarrohlik ginekologiyasining asoschisi hisoblanadi. Ilmiy-pedagogik faoliyat davomida 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq o’quv-metodik tavsiyalar chop etilgan. Davolash ishlari bilan bir qatorda u ko’plab mutaxassislar va olimlarni tayyorladi. Professor D. D. Qurbonov tahririyati ostida rus va o’zbek tillarida bir nechta «jinsiy a’zolar prolapsasini jarrohlik davolash» darsliklari, shuningdek, o’zbek , rus va ingliz tillarida monografiyalar nashr etilgan.

Hozirgi kunda kafedraga 2023 yildan t.f.d., dotsent Kurbanov B.B. rahbar etib tayinlangan.

2025 yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti birlashtirilib, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibiga qo‘shilgan. Uchta kafedraning rahbari sifatida Kurbanov B.B. tayinlangan.

Kafedraning klinik bazalari:
• 6-sonli shahar tug‘ruq majmuasi
• I.Irgashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasi
• Toshkent viloyati Qibray tumani tug‘ruq majmuasi
• Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi
• Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi
• 8-sonli shahar tug‘ruq majmuasi

Kafedrada talaba ilmiy jamoasi (TIJ) faol ishlaydi; ushbu jamiyat faoliyati davomida 100 dan ortiq ma’ruza taqdim etilgan.2018 yildan kafedrada «Akusherlik va ginekologiya» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ochilgan.