Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashida yangi BPT tashkil etildi
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi qoshida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti (BPT) tashkil etildi. Ushbu tashabbus Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi Madjidova Yakutxon Nabievna rahbarligida amalga oshirildi.
Mazkur BPTning tashkil etilishi partiya safini kengaytirish, aholi bilan yaqindan ishlash, joylarda partiya g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish hamda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangi tashkil etilgan BPT a’zolari partiya dasturi va ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirilib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘z saflarini kengaytirish va jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash yo‘lidagi ishlarini izchil davom ettiradi.



Xotira va ehtirom – muqaddas burch
8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yurtimizda ayollarga, ayniqsa Vatan himoyasi yo‘lida farzandlarini yo‘qotgan onalarga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasining murojaati asosida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi raisi, deputat Madjidova Yakutxon Nabievna Mirzo Ulug‘bek hamda Olmazor tumanlarida istiqomat qiluvchi urush qahramonlari oilalaridan xabar oldi.
Tashrif davomida Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan jasur o‘g‘lonlarning yaqinlari bilan uchrashilib, ularning holidan xabar olindi, samimiy tilaklar bildirildi hamda bayram munosabati bilan gullar va kamtarona sovg‘alar topshirildi.
Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanida quyidagi qahramonlar oilalaridan xabar olindi:
- Xayrulin Sergey Rashitovich oilasi
- Shadjalilov Muhammadali Juraevich oilasi
- Lisitsin Sergey Nikolaevich oilasi
- Kim Yuriy Gennadevich oilasi
Shuningdek, Olmazor tumanida ham Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan jangchilar xotirasi e’zozlanib, ularning yaqinlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Jumladan:
- Irgashev Abdumavlon Irkinovich oilasi
- Shadmanov G‘iyos Irgashevich oilasi
Uchrashuvlar davomida qahramonlarning jasorati, ularning Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari hech qachon unutilmasligi, bugungi tinch va osoyishta hayot aynan shunday fidoyi insonlar evaziga ekanligi alohida ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridan Vatan himoyasi yo‘lida 191 nafar o‘g‘lon halok bo‘lgan bo‘lib, ularning nomlari Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” monumenti yonida joylashgan “Xotira kitobi”ga kiritilgan.
Bunday tashriflar va e’tiborlar qahramonlar xotirasini ulug‘lash, ularning oilalariga hurmat ko‘rsatish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Korrupsiyadan holi hudud – korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida tadbir o‘tkazildi
2026-yil 16-yanvar kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-kampus, 2-Pediatriya fakulteti “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasida ma’rifat darsi doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda kafedra mudiri, professor Majidova Ya.N., professor-o‘qituvchilar, Mudofaa vazirligi vakili hamda talabalar ishtirok etdilar. Suhbat davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, davlat siyosati va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligida o‘tkazilgan tadbirda MTPD Toshkent shahar kengashi raisi O.D. Jiyanbayev hamda MTPD Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi raisi Yo.N. Madjidova ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida Yo.N. Madjidova jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun “Fidoyi Vatanparvar” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan ochiq muloqot
“Qonunchilikni takomillashtirishda ilmiy jamoatchilik bilan hamkorlik istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Majidova ham ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Muloqot davomida ilm-fanda ayollar faolligini oshirish, qonun ijodkorligi jarayonida ilmiy yondashuvni kuchaytirish hamda ayol olimalar salohiyatini jamiyat taraqqiyotiga safarbar etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayol olimalarning ilmiy, ijtimoiy va qonunchilik jarayonlaridagi faol ishtiroki mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omilidir.

«Atrof-muhit va Orolbo‘yi aholisi salomatligi» xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi birinchi kuni bo‘lib o‘tdi
24-oktabr kuni Nukus shahrida «Atrof-muhit va Orolbo‘yi aholisi salomatligi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamkorligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Konferensiyani institut rektori O.Xalimov ochib berib, Orolbo‘yi mintaqasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning inson salomatligiga ta’siri, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy innovatsion yondashuvlarning dolzarbligini ta’kidladi.
Tadbirda chet el va mamlakatimizning turli hududlaridan taniqli olimlar, professorlar, mutaxassislar hamda yosh tadqiqotchilar gibrid formatda (onlayn va oflayn) ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy munozaralar olib borishmoqda:
🔹 Atrof-muhit ifloslanishining salomatlikka ta’siri;
🔹 Orolbo‘yi mintaqasida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va ularning yechimlari;
🔹 Ekologik omillarning ona va bola salomatligiga ta’siri;
🔹 Iqlim o‘zgarishlari va inson salomatligi;
🔹 Yashil texnologiyalar hamda ekologik ta’lim orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish.
Konferensiyada taqdim etilayotgan ilmiy ma’ruzalar, tahlillar va tadqiqot natijalari ekologik xavfsizlikni mustahkamlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash hamda Orolbo‘yi aholisi salomatligini muhofaza etishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.
Konferensiya ishchi seksiyalar kesimida ertagaham davom etadi va unda mahalliy hamda xorijiy ilmiy markazlar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
oshkent davlat tibbiyot universiteti va Jizzax Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamkorligi
➡️2025-yil 26-sentyabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Majidova Yoqutxon Nabiyevna hamda kafedra assistenti Sevara Bahodirovna Jizzax Abu Ali ibn Sino nomli jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdilar.
🔹Tashrif davomida texnikumning “Terapiyada hamshiralik ishi” kafedrasi bilan:
— turli tadbirlarni reja asosida o‘tkazish,
— asab kasalliklari bo‘yicha yetishmayotgan o‘quv adabiyotlari, darslik va elektron qo‘llanmalar bilan ta’minlash,
— birgalikda maqola va tezislar tayyorlash masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔹Professor Majidova tomonidan “Insult o‘tkazgan bemorlarni reabilitatsiyasida hamshiraning roli” mavzusida seminar o‘tkazildi.
➡️Mazkur tashrif va tadbirlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda kasbiy bilimlarni rivojlantirish uchun muhim qadam bo‘ldi
Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Klinikasining majlislar zalida «Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot» shiori ostida «Yosh saylovchi» mavzusida targ‘ibot tadbirii o’tkazildi


1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya kilish” kuni butun dunyo biylab har yil bayram sifatida nishonlanadi, shu katori bizning yurtimizda ham bu bayramga ana tusiga kirgan. 30 may kuni Xalq deputati Mirzo Ulug‘bek fog kengashi deputatlari Y.N. Majidova tashabbuslari va homiyliklari bilan Alisher Navoiy MFY bolajonlari uchun “Reatsentr Tashkent” clinic “Bolalar-dunyoni kutkradi” nomli kungil ochar bayramida animatorlar ishtiroki bayram dasturi, rakslar va bolalar uchun sovg'alar tarqatildi.


tibbiy ko'rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-5841063) bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida 2024 yil 20 aprel kuni deputat Madjidova Yo.N. tashabbuslari bilan TashPTI Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasi dotsentlari, magistrlari va Klin ok ordinatorlari ishtirokida bolalarda nogironlikga olib keluvchi Vilson- Konovalov kasalligi bor bemorlar uchun bepul tibbiy ko‘rik o’tkazildi. Ko’rikda Toshkent shaxri, Toshkent, Qashqadaryo va Navoi viloyati dan 30ta bemor ishtirok etdi. Bemorlarga davolash va diagnostika bo’yicha zarur tavsiyalar berildi.




Madaniyat vа ma’rifat ishlari
2024 Yil 29-yanvar Kuni Tashkent Pediatriya Tibbiyot instituti va "Reatsentr Tashkent" clinic bilan hamkorlikda Mirzo-Ulug'bek tumanidagi 64-maktabda nutqida nuksoni bor, uzlashtirishi pasaigan, diqqat va yozuv qarash, logoneurosis (duduk ma'lumot olish), hyperactivlik va etish mas'uliyat sindromi. bolarar uchun MP Prof. Mazhidova E. N. va Yusupova M. D. tashabbuslari bilan xayriya tadbirlari o'tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 9 avgustda “O‘zbekiston Respublikasida chessni rivozhlashtirish buyicha quvvat chorasi bilan mahsulotlar tug‘risida”gi PQ-3906-sonli karori izhrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil 3 fevral kuni 64-maktabda o‘qku vchilar o‘rtasida deputat E. Majidova va M tashabbusi. musobakasi tashkil etildi. ♟Ushbu musobaka orkali aql-idrok o'yini sanalgan chess sport turini rejalashtirishda kengrok targib kilish va yoshlarning bush vaqtlarini mazmunli o'tkazish o'sib borayotgan yosh avlodning mantiqiy tafakkur darazhasini o'stirishdan iborat hisoblana di. Tadbir yakunida istirokchilar va goliblar uchun shaxmat doskalari sovg'a qilinadi.


✅Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan har yili 9 fevral sanasi yurtimizda katta shodiyana bayramona kayfiyatda nishonlanadi. ✅Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiyoty genetika kafedrasi mudiri prof Majidova EN tashabbuslari bilan tashkil etilayotgan tadbirlar ham ushbu sanaga bagishlab o'tkazildi. Tadbirda ta'kidlanganidek, Alisher Navoiining bebaho izhodiy-ilmiy merosi tabiiy halqimiz, beams jakhon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabii-aesthetic tafakkurimiz rivozhida alohida o'rin tutadi. ✅Ulug shoir o'zining she'riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy goyalarni, she tilimizning beqiyos s'z boyligi va cheksiz ifodani butun zhozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitoblar qalbidan munosib o'rin egallaghan. ✅Alisher Navoiy die day uzbek halqi va madaniyati manfaati uchun tinmay mekhnat qildi, durdona asarlar yaratgani, bir suz bilan aitganda, yurt equalki, halq farovonligi ywlida bekiyos hhissa qo'shgani takidlab o'tildi.


Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tanishish.




Magustrlar «Maktub ul-qulub» asarini mutoala qilishmoqda









