Bosh sahifa

Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasi

Кafedra mudiri: professor Madjidova Yoqutxon Nabievna

Кafedra xodimlari: prof. Sadiqova G.K., prof. Usmanova D.D., dotsent Nurmuxamedova M.A., dotsent Maksudova X.N., dotsent Ziyaxodjaeva L.U., dotsent Azimova N.M., dotsent Omonova U.T., dotsent Ergasheva N.N., dotsent Tadjiev M.M., dotsent Usmanov Sh.U., dotsent Alidjanova D.A., dotsent Kim O.V., dotsent Mansurova N.A., katta o’qtuvchi Xamidova N.A., assistentlar Usmonov S.A., Nosirova D.Sh., Yaqubova Z.A., Axmedova D.S., , Abdusattarova G.Sh.,Abidova M.A., Temirova M.K., Abdullaev Z.X., Raxmonqulov Sh.R., Nasimova S.O., Xasanova N.O.

Genetika kursi xodimlari: prof. Eshonqulov O.E., prof. Sharipova M.K., ass. Boboniyozov K.K., ass.Bosimov M.Sh.

Kafedra doktorantlari – Xaitbayeva Sh.X., Xusenova N.T., Abdullaev Z.X., Calixova S.M., Vafoyeva G.R., Zakirova F.A., Jabborova S.B., Ochilova D.F.

Mustaqil izlanuvchilar : Erkinova S.A., Inoyatova I.Sh., Zaynutdinova D.R., Xaitboyeva N.T., Berdiyeva H.U., Nizomxo’jayeva Sh.B., Mamatkurbonov Sh.B, . Muzaffarov J.M., Baxramov M.S., Rahimova K.E., Ahmedov I.R.

Kafedrada tibbiy pedagogika fakultetining 5-6 kurs talabalari “asab kasalliklari” predmeti bo’yicha, 5-kurs pediatriya fakulteti “asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari” predmeti bo’yicha, 7-kurs talabalari “asab kasalliklari” predmeti bo’yicha, xamshiralik ishi OHI 2 boskich talabalari uchun,xorijiy talabalar 3 boskich, hamda magistrlar   «bolalar nevrologiya» va «neurologiya» mutaxassisligi bo’yicha ta’lim oladilar.. Shuningdek kafedrada klinik ordinatorlar “asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari” va «nevrologiya» mutaxassisligi o’rgatiladi.

Kafedrada quidagi yunalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazilmoqda: Kafedra professor o‘qituvchilari 2025 – yil  davomida kafedraning umumiy ilmiy yo‘nalishi: “Asab kasalliklarining qon-tomir, yalig‘lanish, degenerativ va nasliy nerv–mushak kasalliklarini klinik-patogenetik xususiyatlari, tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanish ishlarini olib bordilar.

Yo‘nalish kodlari: “Toshkent davlat tibbiyot univesitetining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq №011900252-son «Nevrologik kasalliklarning zamonaviy davolash tamoyillarini o‘rganish va turli genezli kasalliklarning davolanish sharoitlarini yaxshilash va erta nogironlik darajasini profilaktikasi mavzusi doirasida bajarilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bajarish muddati: (2026-2028 yy.)

Turli kafedralar uchun qo‘shimcha:

  •  klinik protokollar, operatsion tadqiqotlar.
  • Fundamental: laboratoriya tajribalari, biomolekulyar metodlar.
  • Klinik: davolash samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar, klinik kuzatuvlar.

Kafedraning ilmiy salohiyat – 55%.

Magistrlar va klinikordinator, hamda talabalar, TashPMI kasalxonasida, temir yo’l kasalxonasida, 3 shahar bolalar klinik shifoxonasida, 5 shahar klinik shifoxonasida o’qib o’rganadilar.

Kafedra xodimlari, hamda magistrlar, tadqiqotchi-izlanuvchi va doktorantlar quidagi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladilar: Pediatriya ilmiy izlanish instituti, Ko’krak qafasi jarrohligi ilmiy izlanish instituti, travmatologii va ortopediya ilmiy izlanish instituti, virusologiya ilmiy izlanish instituti. Kafedra xodimlari metodik qo’llanmalar chiqarishda, o’quv uslubiy tavsiyalarni berishda va nerv kasalliklari bo’yicha adabiyotlar chiqarishda faol qatnashadilar. Qolaversa xalqaro anjumanlarda, kongresslarda va simpoziumlarda faol qatnashdilar.

Nevrologiya, bolalar nevrologiyasi va tibbiy genetika kafedrasining ilmiy salohiyati to‘g‘risida ma’lumot 2025 yilda kafedrada 5 ta ilmiy ish himoya qilindi shulardan 3 ta PhD dissertatsiyasi himoya qilindi va 1 ta DSc dissertatsiyasi himoya qilindi.

Hisobot davrida 75 ta maxalliy maqola, 45 ta xorojiy, 3 ta Scopus jurnallarida, 1 ta Darslik, 7 ta O‘quv qo‘llanma, 6 ta monografiya, , DGU 21 ta, BGU 5, ta Patent guvoxnomalar chiqarildi, 1 ta Rastional. Taklif, 5 ta Uslubiy tavsiyanomalar chop etildi. Kafedra xodimlarining xorijiy tillarni  bilish darajasida 3 nafar xodimlarimizda til sertifikati mavjud.

     Kafedra professor o‘qituvchilari kafedra mudiri Madjidova Yo.N.  rahbarligida “Tarqoq skleroznning klinik va neyrofiziologik xususuyatlari” (AL-662204234) nomli 2025-2026 yillar uchun mo‘ljallangan amaliy loyiha  ustida ish olib bordilar. Ilmiy amaliy loyiha doirasida tarqoq skleroz dilan og’rigan bemorlarni ro’yxatga olish, klinik guruhlari va ularni qayd qilish kartasi shakllantirildi.

Xalqaro xamkorliklar qaysi chet davlatdan kim kelib kafedrada ma’ruza yoki master klass o‘tkazdi( Herman Kingma Olborg universiteti kasalxonasi professori (Daniya), Yanishevskiy Stanislav Nikolaevich V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiyot tadqiqot markazining nevrologiya kafedrasi mudiri,  Karakulova Yuliya Vladimirovna Akademik E.A.Vagner nomidagiPerm davlat tibbiyot universiteti nevrologiya va tibbiy genetika kafedrasi mudiri,Jukova Natalya Grigoryevna Sibir davlat tibbiyot universiteti nevrologiya va neyroxirurgiya kafedrasi professori, Andrey Petrovich Rachin Komorbid nevrologiya bo’yicha mutaxassislar milliy assotsiatsiyasi prezidenti, Lyadov Konstantin Viktorovich Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi,  Skotnikov Anton Sergeevich D.I.Zgirska nomidagi Rossiya davlat ijtimoiy universiteti. tibbiy farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri,  Butko Dmitriy Yurievich Tibbiy reabilitatsiya va sport tibbiyoti kafedrasi mudiri,  Mixail Mixaylovich Oros Ujgorod milliy universiteti nevrologiya, neyroxirurgiya va psixiatriya kafedra mudiri, Nurguzhaev Yerkyn Smagulovich S.D.Asfandiyarov nomidagi Qozoq davlat milliy universiteti Asab kasalliklari kafedrasi professori,  Zamergrad Maksim Valerievich Rossiya davlat tibbiyot uzluksiz kasb-hunar ta’limi  2025 yil davomida).

Anjuman Nevrologiyaning yoshga bog’liq dolzarb muammolari. 2024 yil, 15-16 yanvar kunlari