2-son Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi
Kafedraning TIJ to’garagiga mas’ul: Assistent Shakirova D.D
TDTU talabalari Xalqaro ilmiy olimpiada g’olibi bo’ldi.




Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi Aminova Asalya tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tomonidan tashkil etilgan «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha» III Xalqaro olimpiadada “Tibbiyot profilaktikasi” yo‘nalishi bo‘yicha II o‘rinni egalladi.
Institut rahbariyati va jamoasi Asalya Aminovani va uning ilmiy rahbari Nilufar Farxadovna Rasulovani hamda Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri Professor Shaxnoza To’lqinovna Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Ilmiy rahbar: Rasulova N. F


Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Tibbiy pedagogika fakulteti 3-kurs talabasi Mashurova Ayshe tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan, Gigiyena fani bo’yicha TMA da o’tkazilgan «Talabalar o’rtasida o’tkazilgan fan olimpiadasi» da faxrli III o’rinni egalladi.
Institut rahbariyati va jamoasi Mashurova Aysheni va uning ilmiy rahbari Xasanova Ma’mura Ikromovnani hamda Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri Professor Shaxnoza To’lqinovna Iskandarovani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, ularning kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Ilmiy rahbar: Dotsent Xasanova M. I

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasining 2025-2026 o‘quv yilidagi ustoz-shogird tizimi bo’yicha iqtidorli talabalar va ilmiy rahbari haqida ma’lumot
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 2-son Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlash menejmenti kafedrasining 2025-2026 o‘quv yilidagi ustoz shogird tizimi bo’yicha har bir kafedra ilmiy xodimlari tomonidan iqtidorli talabalar tanlab olindi va ularning ro’yxati shakllantirildi. Ilmiy rahbar boshchiligida talabalar tadqiqot mavzusini aniqlashtirib, ushbu mavzu bo’yicha tezis va maqolalar chop etishlari ustuvor vazifa etib belgilab olindi.
| № | Талабанинг Ф.И.Ш. | Факультети,гуруҳи | Тадқиқот мавзуси | Илмий рахбари | |||
| 1 | Азаматова Ф.А. | Davolash ishi fakulteti, 531guruh. | Ko‘z a’zolari tizimiga atrof muhitni ta’sirini o`rganish | Kafedra mudiri, professor Iskandarova Sh.T. | |||
| 2 | Raimova Adelya Shuxrat qizi | 1-pediatriya va xalq tabobati, 531- guruh | Bolalarda tug’ma anomaliyalarni rivojlanishini oldini olish. | Dotsent Djalilova G.A. | |||
| 3 | Xamidova Go’zal | 2-pediatriya va xalq tabobati, 610- guruh | Study of environmental health impacts and risk factors | Dotsent Rasulova N.F. | |||
| 4. | Badriddinov Fazliddin | 2-pediatriya va xalq tabobati, 612- guruh | Respublikamizda ekologik muhitning muammolari | Dotsent Eshdavlatov B.M. | |||
| 5 | Кувандикова Севинч | 1 Педиатрии и народной медицины 435-группа | Роль вируса папилломы человека в развитии заболеваний шейки матки. | DSC, ассистент Voitova G.A. | |||
| 6 | Хабибуллаева Дилрабо | 1 Педиатрии и народной медицины 435-группа | Влияние нарушении функции щитовидной железы на репродуктивную систему женщын. | ||||
| 7 | Салиева Мохинур | 1 Педиатрии и народной медицины 435-группа | Роль вакцинации в снижении смертности насиление. | ||||
| 8 | Sur’atova Sevinch | 1-pediatriya,315-guruh | Bolalar va o’smirlar mehnat gigiyenasi. | Dotsent Xasanova M.I. | |||
| 9. | Xodjayeva E’zozaxon | 1-pediatriya,315-guruh | Mehnat gigiyenasi | ||||
| 10. | Xasanova Nodira | 1-pediatriya,315-guruh | Bolalarda ko’rish o’tkirligini buzilishlari va profilaktikasi | ||||
| 11 | Maxmatqulov Shoxruh | 1-pediatriya,318-guruh | O’zbekiston Respublikasida oftalmologiya xizmatini o’rganish | Dotsent Muxamedova N.S. | |||
| 12 | Ташматова Сагдиана | 1 Педиатрии и народной медицины 437-группа | Охрана материнство | Доцент Назарова С.К. | |||
| 13 | Фатхуллаева Шахида | 1 Педиатрии и народной медицины 437-группа | Организация медицинской помощь детям | ||||
| 14 | Бахадирова Дилбар | 1 Педиатрии и народной медицины 437-группа | Заболевания раннегодетского возраста | ||||
| 15 | Xoshimjonova Mohlaroyim | 1-Pediatriya,319-guruh | Bolalar ovqatlanishini gigiyenik baxolash | Dotsent Fayziyeva M.F. | |||
| 16 | Рахимова С | 1-Лечебное дело 325 группа | Связь здоровья с микробиоты кишечника | Доцент Воронина Н.В. | |||
| 17 | Фарухханова Ф | 1 Педиатрия 315-группа | Влияние микробиотов кишечнпика на деятельность мозга | ||||
| 18 | Джангирова Ф | 301МФ педиатрия | Исследование эргономичности школьной мебели | Старший преподаватель, к.м.н. Садивакасов А.У. | |||
| 19 | Хатамова Д | ||||||
| 20 | Ibragimova Komila | Oliy hamshiralik ishi fakulteti, 203-guruh | O’zbekistonda hamshiralik ishini boshqarish amaliyotiga proseptorlik faoliyatini kiritish. | Katta o’qituvchi Mirdadayeva D.D. | |||
| 21 | Norqo’ziyeva Xurriyat | O’rta tibbiyot xodimlarini klinik sharoitda estetik tarbiyalanganligini takomillashtirish. | |||||
| 22 | Qo’ziboyeva Gulyoraxon | Oliy hamshiralik ishi fakulteti, 202-guruh | Birlamchi tibbiy sanitariya yordam muassasalarida patronaj hamshiralarining amaliyotida priseptorlar faoliyatini takomillashtirish. | Katta o’qituvchi Sattarova Z.R. | |||
| 23 | Raxmonova Saida | 1-pediatriya,309-guruh | Transport shovqinlarining odam organizmiga ta’sirini baxolash. | Katta o’qituvchi Nuraliyev F.N. | |||
| 24 | Xusanov Bunyod | 1-pediatriya,436-guruh | Ekologik omillarning inson salomatligiga ta’sirini o’rganish | Katta o’qituvchi Otashexov Z.I. | |||
| 25 | Qo’shshayeva Mahliyo | Davolash ishi fakulteti, 205 guruh. | Tibbiy ta’limda task‑based learning tizimidan foydalanishning ahamiyati. | Assistent Shakirova D.D. | |||
Toshkent davlat tibbiyot universitetining iqtidorli va bilimli talabalari joriy o‘quv yilida yurtimizdagi eng nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritib, universitetimiz nufuzini yana bir bor yuksak darajada namoyon etdilar.
Xususan, tanlov natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat tibbiyot universitetining 3 nafar talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, 1 nafar talabasi esa Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibiga aylandilar.

Mazkur yutuqlar talabalarning izchil mehnati, yuqori akademik salohiyati hamda professor-o‘qituvchilarning samarali ilmiy-pedagogik faoliyati natijasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu muvaffaqiyatlar universitetimizda bo‘lajak shifokor va mutaxassislar uchun bilim olish, ilmiy izlanishlar olib borish va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlarning yaqqol ifodasidir.
Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi Azamatova Fazilat Azamatovnaga Ilmiy rahbari N.F. Rasulova (ToshDavTU, 2- son Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi dotsenti, t.f.n.) ilmiy rahbarlik qilgan. Stipendiya sovrindorlarini ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularning kelgusidagi o‘qish va ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot vafarmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi“Ilmiy- innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishningsamarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-son qaroridabelgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Toshkent davlat tibbiyot universitetida(keyingi o‘rinlarda – Universitet) joriy yilda o‘tkaziladigan o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy tadbirlar, seminarlar va mahorat darslari, talabalar olimpiadalari hamda talabalar konferensiyalari (keyingi o‘rinlarda – Tadbirlar) rejasini tasdiqlash hamda ularda malakali xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarning keng ishtirokini ta’minlash maqsadida 2026 yil 27-fevralda Toshkent davlat tibbiyot univesiteti tomonidan 2026-yil o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi haqida 750 sonli buyruq tasdiqlandi.
Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 31-mart kuni 2-son Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasida «Jamoat salomatligi. Marketing. Menejment» fanidan «Avitsenna izdoshlari-2026» xalqaro olimpiadasi bo’lib o’tdi. Olimpiadada fan kesimida jami 60 dan ortiq mahalliy va xorijiy talaba yoshlar ishtirok etdilar.Olimpiada 3 bosqichda tashkil etildi va 1-bosqich, ya’ni test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan 15 ta talaba 2va 3 bosqichlarda o’zaro bellashdilar.
ZOOM platformasida online tashkil etilgan Olimpiada yuqori saviyada, 5 ta professor o’qituvchilardan tashkil topgan hakamlar hay’ati ishtirokida bo’lib o’tdi. Olimpiada yakunida hakamlar hay’ati ishtirokchilar to’plagan jami ballarni hisoblab, g’olib ishtirokchilar ro’yhatini e’lon qildilar.
Bunday Olimpiadalarning universitet tomonidan tashkil etilishi yoshlarimizda ilm fanga bo’lgan qiziqishning ortishiga, o’zaro hamjihatlik, birdamlik va do’stlik aloqalarining mustahkamlanishiga zamin yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot vafarmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi PQ-4310-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi“Ilmiy- innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishningsamarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 24-son qaroridabelgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, Toshkent davlat tibbiyot universitetida(keyingi o‘rinlarda – Universitet) joriy yilda o‘tkaziladigan o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy tadbirlar, seminarlar va mahorat darslari, talabalar olimpiadalari hamda talabalar konferensiyalari (keyingi o‘rinlarda – Tadbirlar) rejasini tasdiqlash hamda ularda malakali xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarning keng ishtirokini ta’minlash maqsadida 2026 yil 27-fevralda Toshkent davlat tibbiyot univesiteti tomonidan 2026-yil o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi haqida 750 sonli buyruq tasdiqlandi.
Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil, 18-19 mart kunlari 2-son jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasida har yili universitet tomonidan o’tkazib kelinadigan «Talabalar ilmiy jamiyati» Respublika ilmiy amaliy konferensiyasining kafedra bosqichi tashkil etildi.
Tanlov soat 14:00 da tanlov komissiyasi raisi Sh.T. Iskandarovaning kirish so‘zi bilan boshlandi. Tanlovda kafedradan jami 22 nafar talabalar ishtirok etdi. Har bir ma‘ruzadan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan qo‘yilgan ballar umumlashtirilib, sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalarni Tanlov komissiyasi kotibi D.D.Shakirova tomonidan e’lon qildi. Shuningdek har bir qilingan ma‘ruza alohida etirof etildi.