Ma’naviy va ma’rifiy faoliyat

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Qodirov K.U shuningdek 2-kampus hududi 1-pediatriya fakulteti tyutori M.M. Rammonova hamda TDTU psixologi G. Djumanova, bilan birgalikda Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tarrayiyot mahallasi, J. Manguberdi ko‘chasi, Mardona-1 tor ko‘cha, 19-uyda yashab kelayotgan Olimova Dildoraning ota-onasidan erta ajralganligi munosabati bilan uning ijtimoiy hayoti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida unga hayotiy maslahatlar berildi hamda turli muammolarga duch kelgan taqdirda tyutori va ustozlaridan yordam so‘rashi mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, unga ajratilgan xonaning tartib-intizomi, ozodaligi hamda isitish tizimlarining holati o‘rganildi.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 2-sonli Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi Toshkent shahridagi Sayram MFY mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, iste’moli va tarqalishining oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantirish, shuningdek, giyohvandlikning salbiy tibbiy va ijtimoiy oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Kafedra vakillari tibbiyot xodimlari va tibbiyot huquqi sohasidagi mutaxassislarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, qonunga itoatkorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirishdagi muhim rolini alohida ta’kidladilar. Bunday tadbirlar ta’lim muassasalari va mahalla tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.