Davolash faoliyati

Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatini, shuningdek, ta’lim oluvchilarning amaliy tayyorgarligini Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi bazasida amalga oshiradi.
O‘quv mashg‘ulotlari, jumladan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, Markaz binosida, uning moddiy-texnik bazasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Amaliyot va klinik faoliyat:

  • Talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlar real ekspert ishlarida ishtirok etadilar.
  • Kafedra shahar va respublika darajasidagi sud-tibbiy, kriminalistika, sud kimyosi, biologik va gistologik laboratoriyalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
  • Tirik shaxslar va murdalar sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazish, jarohat, kasallik va o‘lim sabablarini aniqlash, ekspert xulosalarini tayyorlash amaliy mashg‘ulotlarning asosiy qismi hisoblanadi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari:

  • Amaliyot davomida olingan ma’lumotlar ilmiy-tadqiqot va magistratura, klinik ordinatura ishlarida qo‘llaniladi.
  • Talabalar va magistrantlar patologoanatomik konferensiyalar, sud-tibbiy seminarlar va ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadilar.

Ma’qsad va natija:

  • Talabalarni, magistrant va klinik ordinatorlarni nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan jihozlash.
  • Sud-tibbiy ekspertiza va tibbiyot huquqi sohasida yuqori malakali, mas’uliyatli va huquqiy madaniyatga ega mutaxassislar tayyorlash.