Kafedra tarixi

O’rta Osiyo Tibbiyot  Pediatriya Institutining Sud tibbiyoti kafedrasi Institut ochilgan vaqtda 1972 yilda tashkil etilgan.

1972 yildan 1985 yilgacha kafedra mudiri bo’lib t.f.n., docent Raximov Anvar Raximovich bo’lgan.Raximov Anvar Raximovich 1923 yilda tug’ilgan 1944 yilda ToshTI ni tugatib frontga chaqirilgan. 1946 yildan 1972 yilgacha ToshTI da avval aspirant, so’ng assistent, docent, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. 1966 yilda “Avtomobil jarohatlari va uni aniqlash tadbirlari” nomli nomzodlik dissertaciyasini himoya qildi. Xuddi shu mavzu bo’yicha monografiya xam chiqardi. 40 dan ziyod ilmiy ishlar muallifi. Uning raxbarligi ostida 2 nomzodlik ishlari himoya qilingan.

1986 yildan 1993 yilgacha kafedra mudiri lavozimida t.f.n., docent Smirnof Vladimir Fedorovich ishladi.

Smirnof Vladimir Fedorovich 1960 yilda ToshTI ning davolash fakultetini tamomlagan. 1960 yildan 1964 yilgacha Yangiobod shaxrida sud-tibbiy ekspert lavozimida ishlagan. 1964 yildan 1970 yillargacha O’zEKM da ilmiy xodim bo’lib «Экспериментально-морфологическое исследование печени при отравление трихофесмой содой» mavzusida nonzodlik dissertaciyasini himoya qilgan. 1971-1972 yillarda Respublika Sud -tibbiyoti Bosh Byurosida ishladi hamda, O’OPMI ning Sud tibbiyoti kafedrasida assistent bo’lib 1972 yildan ishladi. 1973 yilda ushbu kafedraning docenti bo’ldi. Smirnof V.F. 19 ilmiy maqolalar va monografiyalar muallifidir.

1993 yildan boshlab sud tibbiyoti va tibbiyot xuquqi kafedrasining mudiri professor Iskandarov Alisher Iskandarovich 

Iskandarov Alisher Iskandarovich  (1993 -2025yillarda Sud tibbiyoti va tibbiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan) 1973 yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutin tugatgan. 1983 yilda Toshkent Davlat tibbiyot instituti qoshidagi Ixtisoslashgan ilmiy kengashda “Eksperimental aterosklerozni kechishida ruh metalining ayrim kompleks ta’siri” mavzusida nomzodli ximoyasini, 1992 yilda Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sud tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi ixtisoslshtirilgan ilmiy kengashda “Fosfororganik inseksidlardan zahrlnish toksikometriyasi sud tibbiyot tanatogenezi” mavzusida fan doktori dissertatsiyasini yoqlagan. Iskandarov Alisher Iskandarovich rahbarligida 14ta fan nomzodi va 4ta tibbiyot fanlari dokori tayyorlangan. Alisher Iskandarov 350 dan ortiq ilmiy ish, jumldan sud tibbiyoti bo‘yicha 10 ta darslik, 7 ta monografiya, 30dan ortiq uslubiy qo‘llanma muallifi va 10ta ixtiro ishi bo‘yicha guvoxnomaga ega bo‘lgan. 2015yildan boshlab Alisher Iskandarov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Sud tibbiy ekspertiza bosh byurosi boshlig‘i, 2018yildan-Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy Markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yildan boshlab 2-son sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri — professor Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich.

Ro‘ziev Sherzod Ibadullaevich — sud tibbiyoti sohasidagi yetuk mutaxassis, tibbiyot fanlari doktori, professor. 2024-yildan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori, 2025-yildan Toshkent davlat tibbiyot universitetining “2-son Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda.

U Toshkent pediatriya tibbiyot institutini 2010-yilda bakalavr, 2012-yilda magistr bosqichlarida tamomlagan. 2017-yilda “Qandli diabet dermato­glifikasining sud-tibbiy baholash jihatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi yo‘nalishida samarali ilmiy maktab yaratgan. Bugungi kunga qadar uning rahbarligida 10 nafar shogird tayyorlangan bo‘lib, ulardan 1 nafari tibbiyot fanlari doktori, 9 nafari PhD darajasini olgan.Ro‘ziev Sh.I. 300 dan ortiq ilmiy maqola, 10 dan ortiq darslik, 10 dan ortiq monografiya hamda 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi hisoblanadi. U rahbarlik qilayotgan davrda kafedra faoliyati ilmiy-amaliy integratsiya va zamonaviy yondashuvlar asosida izchil rivojlanmoqda.