Toshkent davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashi yig‘ilishi o‘tkazilgandan so‘ng mazkur masala kafedra yig‘ilishida tibbiyot fanlari doktori, professor Ro`ziev Sherzod Ibodullayevich hamda kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibi — professorlar, dotsentlar va assistentlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, muhokama qilindi. Universitetning dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliy ta’lim muassasalari qatoriga kirish bo‘yicha strategik maqsadlari doirasida kafedra belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib, o‘zining ilmiy, ta’limiy va tashkiliy imkoniyatlari doirasida ushbu maqsadlarga erishishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.


