Qodirov Kuralbay Urazbayevichning 60 yillik yubileyi

Qodirov Kuralbay Urazbayevichning 60 yillik yubileyi munosabati bilan tabrik tadbiri o‘tkazildi

Sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi jamoasi tomonidan kafedraning hurmatli va fidoyi xodimi Qodirov Kuralbay Urazbayevichning 60 yillik yubileyi munosabati bilan tantanali tabrik tadbiri tashkil etildi.

Qodirov Kuralbay Urazbayevich 30 yildan ortiq vaqt mobaynida kafedrada samarali faoliyat yuritib, o‘zining chuqur bilimlari, boy hayotiy va kasbiy tajribasi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan tibbiyot sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning ko‘p yillik mehnati talabalar va hamkasblar tomonidan yuksak hurmat va e’tirofga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Yubiley munosabati bilan kafedra jamoasi Qodirov Kuralbay Urazbayevichga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy farovonlik, tinimsiz ijodiy zafarlar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatida yangi yutuqlar tiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan